Avstraliyada o‘smirlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanishi mumkin
Mamlakatda bolaning Internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishiga ruxsat beriladigan minimal yosh belgilanishi rejalashtirilmoqda.

Foto: Getty Images
Avstraliya hukumati bolalarni onlayn tahdidlardan himoya qilishga qaratilgan qonun loyihasini tayyorlamoqda. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Mamlakatda bolaning Internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishiga ruxsat beriladigan minimal yosh belgilanishi mumkin. Qonun loyihasi 2024 yil oxirigacha qabul qilinishi rejalashtirilgan, dedi bosh vazir Entoni Albaneze.
«Biz bilamizki, ijtimoiy tarmoqlar ijtimoiy zarar keltiradi va bolalarni haqiqiy do‘stlar va haqiqiy tajribalardan mahrum qiladi. Avstraliya yoshlari yaxshilikka loyiq va men barcha avstraliyalik ota-onalarni farzandlarini himoya qilishda qo‘llab-quvvatlayman. Men bolalar gadjetlarni tashlab, futbol maydoniga, basseynga, tennis kortiga borishini istayman», dedi Albaneze.
Qonun loyihasi 14 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lganlarni nazarda tutadi. Qonun loyihasining qabul qilinishi Avstraliyani ijtimoiy tarmoqlarda yosh cheklovlarini joriy etgan dunyodagi birinchi davlatlardan biriga aylantirishi mumkin.
Texnologiya sohasi ma’lumotlariga ko‘ra, Avstraliya dunyodagi eng ko‘p «onlayn aholiga» ega: 26 millionlik aholining 4/5 qismi ijtimoiy tarmoqlardan faol foydalanadi. Sidney universitetining 2023 yilgi tadqiqoti shuni ko‘rsatdiki, 12 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan avstraliyaliklarning 3/4 qismi YouTube yoki Instagram tarmoqlarida faol.
Biroq, Avstraliya hukumatining tashabbusi raqamli huquq himoyachilarining noroziligiga sabab bo‘lmoqda. Ularning ta’kidlashicha, bu choralar onlayn faollikning yashirin shaklga o‘tishiga olib borishi mumkin.
2015 yil oxirida Yevropa Ittifoqida ham xuddi shunday taqiqni joriy etishga harakat bo‘lgan, biroq internetda voyaga yetmaganlar huquqlarining cheklanishi haqidagi shikoyatlar tufayli loyiha qabul qilinmagan edi.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Prezident Xitoy Kommunistik partiyasi vakillari bilan uchrashdi
O‘zbekiston | 17:06
-
O‘zbekistonga «Leapmotor» brendidagi avtomobillar importi cheklandi
O‘zbekiston | 16:54
-
Maktablarni to‘liq 5 kunlik o‘qish va ish rejimiga o‘tkazish taklif qilinmoqda
O‘zbekiston | 16:53
-
Qatargeyt: Netanyahu maxsus bo‘lim tomonidan so‘roq qilingan, uning maslahatchilari hibsga olingan. Mojaro mohiyati nimada?
Jahon | 16:51
Mavzuga oid

15:21 / 29.03.2025
Avstraliyaning olis shahridagi yagona shifokor ishdan ketyapti. Yangi nomzodlarga 400 ming dollar maosh taklif etilmoqda

16:56 / 27.03.2025
Toshkent viloyatida bolalarni urgan tarbiyachi ishdan olindi

14:40 / 14.03.2025
Avstraliyada vombat bolasini onasidan tortib olgan amerikalik bloger deportatsiya qilinishi mumkin

14:35 / 12.03.2025