Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevroittifoq Qrimdagi «saylovlar»ning noqonuniyligini ta’kidladi
Yevropa Ittifoqi Rossiya hukumati tomonidan Qrimda o‘tkazilgan noqonuniy «saylovlar» va ularning natijalarini tan olmaydi. Bryussel tadbir tashkilotchilarini jazolashga va’da berdi va Qrim Ukrainaga tegishli ekanligini ta’kidladi.

Foto: Konstantin Mihalchevskiy/Scanpix
Yevropa Ittifoqi Rossiya tomonidan Qrim avtonom respublikasi va Sevastopolda mintaqaviy va mahalliy saylovlar o‘tkazilganini qoraladi. «Yevropa Ittifoqi Qrimdagi bu «saylovlar»ni va ularning natijalarini tan olmaydi, ular yuridik kuchga ega emas va hech qanday huquqiy oqibatlarga olib kelishi mumkin emas», dedi 9 sentabr, dushanba kuni Yevropa Ittifoqi tashqi siyosat xizmati matbuot kotibi. Bryussel bu voqeani Rossiya tomonidan xalqaro huquq, BMT Nizomi, Ukraina suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligining navbatdagi buzilishi sifatida baholamoqda.
«Rossiya rahbariyati va ushbu noqonuniy xatti-harakatlarni uyushtirganlar javobgarlikka tortiladi va jazolanadi», — deyiladi bayonotda.
Bryussel Qrim Ukrainaga tegishli ekanligini eslatib, BMT Bosh assambleyasi 2014 yil 27 martdagi rezolyutsiyasida Moskvaning Ukraina milliy birligi va hududiy yaxlitligini buzishga qaratilgan harakatlari noqonuniy deb e’lon qilinganini ta’kidladi.
«Bu urushdan chiqishning yagona aniq yo‘li bor: Rossiya Ukrainaga qarshi noqonuniy, asossiz urushini zudlik bilan to‘xtatishi va Ukraina hududidan xalqaro tan olingan chegaralari doirasida barcha kuch va harbiy texnikani olib chiqib ketishi kerak», - deya xulosa qiladi Peter Stano.
Kiyev Qrimdagi saylovlarni qoraladi
Ukraina Tashqi ishlar vazirligi o‘z bayonotida Qrim yarimorolida o‘tkazilgan saylovlarni tanqid qildi. Ovoz berish fars va xalqaro huquqning buzilishi bo‘lib, saylovchilarning xohish-irodasiga hech qanday aloqasi yo‘q edi va shu sababli o‘z kuchini yo‘qotgan deb topiladi, dedi Ukraina Tashqi ishlar vazirligi.
Saylovda qatnashgan siyosatchilar Ukraina tomonidan hech qanday qonuniylashtirilmagan va saylovni tashkillashtirishda ishtirok etganlar javobgarlikka tortiladi, deya ogohlantirdi Kiyev.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00 / 29.07.2025
-
Rossiya Ukraina armiyasining o‘quv bo‘linmasiga zarba berdi: uch kishi halok bo‘ldi
Jahon | 11:39
-
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37
-
🔴LIVE: Tramp Putinga so‘nggi imkonni berdi
Jahon | 11:25
Mavzuga oid

13:35 / 01.07.2025
Yevroittifoq Ukraina uchun agromahsulotlar importini yengillashtiradi

10:14 / 20.06.2025
Yevroittifoq Bolgariyani yevrohududga qabul qilishni tavsiya etdi

11:22 / 17.06.2025
Yevroittifoq Qrim va Sevastopol uchun sanksiyalarni uzaytirdi

11:49 / 26.05.2025