Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulaziz Komilov AQShning Afg‘oniston bo‘yicha vakili bilan uchrashdi
O‘zbekiston prezidentining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Komilov AQShning Afg‘onistondagi elchixonasi (qarorgohi Dohada) muvaqqat ishlar bo‘yicha vakili Karen Deker bilan uchrashdi.
12 sentabr kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Abdulaziz Komilovdan tashqari O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Ergashev, Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori Javlon Vahobov va AQShning Toshkentdagi elchisi Jonatan Henik ham qatnashgan.
Toshkentdagi Markaziy Osiyo xalqaro institutida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Afg‘oniston masalalari bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish, mintaqaviy barqarorlik va taraqqiyotga ko‘maklashish strategiyalariga e’tibor qaratilgan.

«Ushbu muloqot davomida biz mazmunli hamkorlikni rivojlantirish va umumiy muammolarni hal qilish bo‘yicha sa’y-harakatlarimizni alohida ta’kidlab o‘tdik», — deb yozgan Javlon Vahobov X ijtimoiy tarmog‘ida.
Mavzuga oid
22:34 / 13.07.2026
Fiat Topolino mini-elektromobil AQSh bozoriga chiqdi
20:27 / 13.07.2026
Tramp AQSh Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan kemalarning o‘tishi uchun haq olishini e’lon qildi
10:40 / 13.07.2026
Shtaynmayyer: Yevropa Rossiya va AQShning «shafqatsizlik siyosati»ga o‘z modeli bilan javob berishi kerak
10:10 / 13.07.2026