X ijtimoiy tarmog‘i va Starlink Braziliya g‘aznasiga 3,3 mln dollardan ortiq pul o‘tkazib berdi
Sentyabr boshlarida Braziliya Federal oliy sudi sudyasi Aleshandr de Moraes Milliy telekommunikatsiya agentligiga X ijtimoiy tarmog‘ining butun mamlakat bo‘ylab ishini 24 soat ichida to‘xtatishni buyurgandi.
Braziliya Federal oliy sudi avvalroq bloklangan X Brasil va Starlink Holding kompaniyalari hisobraqamidan 3,3 million dollardan ortiq mablag‘ni davlat g‘aznasiga o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
Sentyabr boshlarida Braziliya Federal oliy sudi sudyasi Aleshandr de Moraes Milliy telekommunikatsiya agentligiga X ijtimoiy tarmog‘ining butun mamlakat bo‘ylab ishini 24 soat ichida to‘xtatishni buyurgandi.
Braziliyaning Globo telekanali o‘z saytida ta’kidlaganidek, avvalroq amerikalik milliarder Ilon Maskka tegishli mikrobloglar servisi mamlakatdagi qonuniy vakilini 24 soat ichida tayinlash talabiga amal qilmagan.
Federal oliy sud saytida qayd etilishicha, Banco Citibank S.A. va Ita Unibanco S.A.banklari sudning ko‘rsatmasini ma’qullagan va Braziliya Markaziy bankiga murojaatni amalga oshirgan.
«Braziliya Federal oliy sudi sudyasi Aleshandr de Moraes mamlakat g‘aznasiga 18,35 million real o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatma chiqarib, agarda sud qarori bajarilmasa, ushbu kompaniyalarning hisobraqamlari va aktivlarini zudlik bilan bloklashni buyurdi», — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, X Brasil, Internet Ltd hamda Starlink Brazil Servicos de Internet Ltd kompaniyalari belgilangan tartibda sud qarori haqida xabardor qilingan, ammo ular «o‘z vaqtida apellyatsiya bermagan».
Avgust o‘rtalarida Braziliya sudi X’dan ijtimoiy tarmoqda «feyk» tarqatgan ayrim akkauntlarni bloklashni talab qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Ijtimoiy tarmoq avvaliga talabni bajargan, ammo keyin Mask «Braziliyadagi barcha daromaddan ayrilib, u yerdagi ofisini yopishga majbur bo‘lsa ham», akkauntlarni blokdan chiqarishini ma’lum qildi. Moraes sud faoliyatiga to‘sqinlik qilgan milliarderga qarshi tergov boshladi va akkauntlar bloklanmaguncha undan har kuni 20 ming dollar miqdorida jarima undirish bilan tahdid qildi.
Mavzuga oid
19:47 / 22.11.2024
Braziliya sobiq prezidenti Jair Bolsonaru davlat to‘ntarishiga urinishda ayblanmoqda
16:59 / 18.11.2024
AQShdan Xitoygacha 40 daqiqada: Ilon Mask samolyotlarni raketalarga almashtirmoqchi
17:11 / 15.11.2024
Ilon Mask Eronning BMTdagi elchisi bilan maxfiy uchrashuv o‘tkazgani ma’lum bo‘ldi
12:05 / 15.11.2024