Instagram ota-onalarning o‘smir farzandlari akkauntlari ustidan nazoratini kuchaytiradi
Yangilikka ko‘ra, endi o‘smirlar tungi vaqtda Instagram’ga kira olmaydi. O‘zgarishlar avvalo yangi foydalanuvchilarga nisbatan qo‘llanadi, keyinroq ular boshqa yosh foydalanuvchilarga ham tatbiq etiladi.

Foto: Getty Images
Meta kompaniyasi ota-onalarga farzandlari foydalanayotgan ilova ustidan ko‘proq nazoratga ega bo‘lishlari maqsadida o‘smirlar uchun Instagram’da yangi akkauntlarni joriy etmoqda, deb xabar beradi The Guardian.
Mazkur yangilikka ko‘ra, o‘smirlar tungi vaqtda Instagram’ga kira olmaydi. O‘zgarishlar avvalo yangi foydalanuvchilarga nisbatan qo‘llanadi, keyinroq ular boshqa yosh foydalanuvchilarga ham tatbiq etiladi.
Yangi funksiyalar qatorida ota-onalarga har kuni ilovadan foydalanish vaqtini cheklash, ma’lum muddat ijtimoiy tarmoqqa kirishni va o‘z farzandlari yozishmalar olib borayotgan foydalanuvchilarni bloklash imkoniyati bo‘ladi. Shu bilan birga, 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar endilikda maxfiylik sozlamalarini o‘zgartirishi uchun ota-onasining roziligi talab etiladi.
Meta kompaniyasining ushbu yangiliklarni joriy etish qarori hukumat talablari bilan emas, balki ota-onalar o‘z farzandlarining ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini ko‘proq nazorat qilish istagi bilan bog‘liq. Britaniyaning NSPCC bolalar xayriya tashkiloti Instagram borasidagi yangilikni «to‘g‘ri yo‘nalishdagi qadam», deb atadi.
Ien Rassel ismli shaxsning so‘zlariga ko‘ra, uning 14 yoshli qizi Molli Instagram’da o‘z joniga qasd qilishga bog‘liq videolarni ko‘p ko‘rib, o‘zini o‘ldirgan. «Bu yangilik ishlash yoki ishlamasligini chora-tadbirlar amalga oshirilganidan keyin bilamiz», — deydi u.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Sumi uchun qasos»: Ukrainaning Shuya va Kurskka zarbalari haqida
Jahon | 09:06
-
40 mlrd so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi moddani olib kirmoqchi bo‘lganlar ushlandi
O‘zbekiston | 09:04
-
Tramp Ukraina bilan yerosti boyliklari bo‘yicha bitim imzolanishini e’lon qildi
Jahon | 08:40
-
Giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi kanal reklamasini tarqatgan shaxs ushlandi
O‘zbekiston | 08:24
Mavzuga oid

16:39 / 12.04.2025
Instagram o‘smirlar uchun ba’zi cheklovlarni joriy qiladi

20:47 / 07.04.2025
Putin maktab o‘quvchilarini yozgi ta’til vaqtida ishga jalb qilishga ruxsat berdi

08:40 / 26.03.2025
Rossiyada Instagram va Facebookʼda reklama joylash taqiqlandi

11:30 / 24.03.2025