1992 yil Şvetsiyada ötkazilgan Yevropa çempionati vaqtida UYeFA rahbarlari yangi tarix yaratayotganini bilmagan ham bölişsa kerak. Ular yangi mavsumdan rebrending qilişni möljallayotgan va turnirning yangi dizayni qanday bölişi kerakligi haqida bir töxtamga kela olişmayotgandi. Öşa davrlarda UYeFA bilan hamkorlik qiladigan TEAM kompaniyasi marketing bölimi rahbari bölib işlagan Kreyg Tompson yulduzli logo loyihasini öşa vaqtdagi taşkilot prezidenti Lennart Yohansson va sobiq boş kotib Gerhard Aignerga körsatganini şunday eslaydi:
«Lennart va Gerhardga yangi brend suratlarini olib kirgan paytimni haligaça yaxşi xotirlayman. Biz loyihani körib, bir-birimizga qarab qoldik va birdaniga hamma: «Bu — öşa», dedi. Yangi brend yaratayotganingda bunday bölişi muşkul, çunki hammaning öz fikri bor va barçani birdek xursand qila olmaysan. Lekin bu gal hammaning fikri bir joydan çiqqan va ularga dizayn ma’qul kelgandi. Yulduzlar futbolçilarni aks ettirardi, barça futbol yulduzlari bir joyga töplanişlari logoning mazmuni bölgan».
Yulduzlardan yasalgan koptok andazasini londonlik dizayner Fil Klemens yaratgan va mana 32 yildirki, uni deyarli özgartirişsiz saqlab kelişmoqda. Bugungi kunda mana şu «mitti yulduzçalar» UYeFAga yillik 4,4 milliard yevrodan köproq mablağ olib kelmoqda.

Çempionlar Ligasi bu mavsumdan yana özgaryapti va endi Yevropaning 36 klubi bitta ligada kuraş olib boradi hamda eng kamida 8 ta öyin ötkazişga muvaffaq böladi. Bu Superliga loyihasi bilan köproq katta öyinlarga erişmoqçi bölgan elita klublariga muqobil variant sifatida taqdim etilgan formatdir. Mukofot jamğarmasi ham sezilarli darajada oşdi. Musobaqada qatnaşadigan 36 klub umumiy hisobda 2,08 milliard yevroga yetadigan summani iştirok va natijalariga qarab bölişib olişadi. Ta’kidlaş joizki, bu ötgan yilgi körsatkiçlardan qariyb 22 foizga yaxşilangan qiymatdir.
Bugungi kundagi yillik musobaqalar orasida faqatgina Angliya Premer-ligasi ösiş şiddati nuqtayi nazaridan Çempionlar Ligasiga raqobat qila oladi, biroq ular ham brend kuraşida sezilarli darajada farq bilan ortda borişadi. Heç nima UYeFA Çempionlar Ligasi muvaffaqiyatini raqamlardek aniq körsatib bera olmaydi. 1992-1993 yilgi mavsumda musobaqaning mukofot jamğarmasi umumiy hisobda 38 million Şveytsariya frankini taşkil qilgan (34 million funt-sterling). Ğoliblikni qölga kiritgan «Milan» 7,5 million Şveytsariya franki işlab olgan. Soliştiriş uçun, bu mavsumda Çempionlar Ligasini yutgan jamoa taxminan 136 million funt-sterlingga ega çiqadi. 32 yilda qariyb 20 baravar ösiş… Quyidagi röyxatda Çempionlar Ligasining 2010-2011 yilgi mavsumidan beri eng köp mukofot pullariga ega çiqqan klublar keltirilgan. Bunda doim ham çempion jamoa eng köp pulga ega çiqavermaydi, musobaqa davomidagi durang va mağlubiyatlar soni bunga ta’sir körsatişi mumkin.









