Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iordaniya moxovni yenggan birinchi davlat deb tan olindi
Mamlakatda 20 yildan ortiq vaqt mobaynida moxov bilan kasallanish bo‘yicha birorta mahalliy holat qayd etilmadi.
Foto: WHO
Iordaniya dunyoda moxov (lepra) kasalligidan xalos bo‘lgan birinchi mamlakat, deya rasman tan olindi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) matbuot xizmati xabar berdi.
20 yildan ortiq vaqt mobaynida Iordaniyada moxov bilan kasallanish bo‘yicha birorta mahalliy holat qayd etilmagan, bu esa mamlakat sog‘liqni saqlash tizimining ushbu kasallikni bartaraf etish bo‘yicha olib borgan samarali strategiyalaridan dalolat beradi.
JSST topshirig‘iga ko‘ra, mustaqil guruh baholash o‘tkazib, butunjahon tashkilotiga Iordaniyada moxov tugatilganini tan olishni tavsiya qildi.
“Iordaniyada bu qadimiy kasallikning bartaraf etilishi jamoat salomatligi sohasidagi tarixiy yutuq, shuningdek, butun dunyoda moxovni tugatish yo‘lidagi ulkan muvaffaqiyat bo‘ldi”, — dedi JSSTning Janubi-Sharqiy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Sayma Vazed. U JSSTning moxovga qarshi kurashish bo‘yicha global dasturiga rahbarlik qiladi.
Moxov (Hansen kasalligi) lepra mikobakteriyalari keltirib chiqaradigan surunkali yuqumli kasallikdir. U teri, periferik nervlar, yuqori nafas yo‘llari va ko‘zning shilliq pardalarini zararlaydi. Shikastlanishlar davolanmasa, qaytarib bo‘lmas darajaga yetishi mumkin. Erta tashxis kasallikning oldini olishga yordam beradi. Lepra bakteriyalari havo-tomchi yo‘li orqali tarqaladi.
Moxov kasalligi qadimgi sivilizatsiyalar davridan beri ma’lum bo‘lib, o‘sha davrlarda bu kasallik haqidagi ma’lumotlar yozma manbalarda qoldirilgan.
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda moxov 120 dan ortiq mamlakatlarda, asosan Janubi-Sharqiy Osiyoda uchraydi. Har yili 200 mingdan ortiq moxovga chalinish holatlari to‘g‘risida xabarlar kelib tushadi.
Mavzuga oid
09:10 / 22.12.2025
Isroil Iordan daryosining G‘arbiy sohilida 19 ta yangi posyolkani ma’qulladi
10:01 / 02.10.2025
Sardor Umrzoqov Iordaniya podshohi bilan uchrashdi
10:15 / 27.09.2025
O‘zbekiston va Iordaniya mis va uran qazib olish sohasida loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldi
08:30 / 24.09.2025