Firibgarlik bilan o‘zganing nomiga onlayn kredit olgan shaxs ushlandi
Gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a”, ”b”, “g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Farg‘onada aldov yo‘li bilan o‘zganing nomiga kredit olgan shaxs ushlangan. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar bermoqda.
Surxondaryo viloyatida yashovchi 51 yoshli B.K. IIBga murojaat qilib, uning nomiga noma’lum sabablarga ko‘ra onlayn kredit rasmiylashtirilganini ma’lum qilgan.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Farg‘ona viloyatida yashovchi 36 yoshli R.E. sodir etgani aniqlangan.
Unga ko‘ra, gumonlanuvchi R.E. jabrlanuvchi B.K.ga qo‘ng‘iroq qilgan va o‘zini bank operatori sifatida tanishtirib, soxta havola yuborish orqali uning shaxsiy ma’lumotlarini qo‘lga kiritgan.
So‘ng uning nomidan mobil ilova orqali ro‘yxatdan o‘tib, onlayn tarzda 8 mln so‘m onlayn kredit rasmiylashtirib, pullarni o‘zining bank kartasiga o‘tkazib olgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan R.E.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a”, ”b”, “g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
22:25 / 20.10.2024
Firibgarlar Telegram orqali fotosurat ko‘rinishida virus yubormoqda
15:12 / 20.10.2024
O‘zini bank xodimi deb tanishtirib, fuqaroning pullarini o‘zlashtirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
08:10 / 17.10.2024
IIBB internetdagi firibgarlikning yangi ko‘rinishidan ogohlantirdi
20:45 / 14.10.2024