Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Litva bilan O‘zbekistonning 200 nafar fuqarosini ishga joylashtirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi
Mamlakat elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Litvaning WorldHalal trust hamda FA Solutions kompaniyalari rahbariyati o‘rtasida muzokaralar tashkil etildi.
Uchrashuvda Litva kompaniyalariga O‘zbekiston fuqarolarini qonuniy tarzda ishga joylashtirish masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar natijasida 200 nafar vatandoshni Litva korxonalariga ishga qabul qilish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Tomonlar o‘rtasida tuzilgan kelishuvga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari go‘sht mahsulotlarini ishlab chiqarish, qadoqlash va qayta ishlash korxonalarida ish bilan ta’minlanadilar.
Litvada ish bilan ta’minlanadigan O‘zbekiston fuqarolarining 50 kishidan iborat birinchi guruhi shu yil noyabr oyida Vilnyus shahriga jo‘natilishi rejalashtirilmoqda.
WorldHalal trust – Litva, Gretsiya, Britaniya, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Mo‘g‘uliston, Belarus, Rossiya, Turkiya va Xitoyda joylashgan halol sertifikatlash sohasida ko‘p yillik tajribaga ega kompaniya hisoblanadi. Kompaniyaning asosiy faoliyati go‘sht, sut, gigiyena va farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarni sertifikatlashdan iborat. Korxona yirik fermer xo‘jaliklari, qoramol va parranda go‘shtini qayta ishlash quvvatlariga ega.
Mavzuga oid
23:09 / 02.07.2026
Litva yadro qurolini joylashtirishga qo‘yilgan taqiqni bekor qilmoqchi
23:00 / 10.06.2026
Shvetsiya o‘zbekistonlik mehnat muhojirlariga ochilmoqda
20:30 / 09.06.2026
“O‘g‘limning o‘rnidan boshqa bolani imtihonga kiritishgan” - Koreyaga ishga jo‘natish “biznesi” qurboni
10:56 / 27.05.2026