Qozog‘istonda tez tibbiy yordam ish vaqtiga cheklov kiritiladi
Tez tibbiy yordam kechayu kunduz ishlamaydi, bu moliyalashtirishdagi muammolar bilan izohlanmoqda.

Foto: gov.kz
Qozog‘istonda ayrim bemorlar uchun tez yordam mashinalari kechki va tungi vaqtda kelmasligi mumkin, deb xabar berdi Kazinform. Bu haqdagi buyruq Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan «Ochiq huquqiy hujjatlar» veb-saytida e’lon qilingan.
Buyruqqa ko‘ra, tez yordam mashinasi ish kunlari soat 8:00 dan 18:00 gacha, shanba kuni esa tushgacha 4 toifadagi shoshilinch chaqiruvlar, ya’ni bemorning hayoti va sog‘lig‘iga tahdid soladigan holatlar uchun yetib boradi.
Hujjatda ta’kidlanganidek, kechayu kunduz ishlaydigan guruhlarni saqlashdagi muammolar mablag‘larning yetishmasligi bilan bog‘liq.
Qayd qilinishicha, to‘rtinchi toifadagi qo‘ng‘iroqlarga mobil guruhlar xizmat ko‘rsatadi. Mobil guruhlarni poliklinikalar tashkil qiladi, ular soat 8:00 dan 20:00 gacha qo‘ng‘iroqlarga xizmat ko‘rsatadi.
Ta’kidlanishicha, Qozog‘istonning 2025-2027 yillarga mo‘ljallangan yangi budjetida sog‘liqni saqlash sohasi uchun 7,1 trillion tenge ajratilgan. Shu bilan birga, sog‘liqni saqlash vaziri Aqmaral Alnazarova tibbiy sug‘urta tizimini isloh qilish va uning jozibadorligini oshirish doirasida kasalliklarning deyarli yarmi tibbiy yordamning kafolatlangan hajmidan chiqarilishini ma’lum qildi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Savdo urushlari: Trampning maqsadi nima?
Jahon | 19:21 / 09.04.2025
10 kunda 5 holat: Toshkentda liftda qamalib qolish ko‘paymoqda
Jamiyat | 18:07 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Kongressiga Rossiya neftini musodara qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasi kiritildi
Jahon | 10:05
-
Toshkent metrosida poyezd harakat tarkibida texnik nosozlik yuz berdi
Jamiyat | 10:00
-
AQShda dronlarga qarshi mikroto‘lqinli qurol sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazildi
Jahon | 09:50
-
Transportni piyodalar yo‘laklaridan yurgizganlik uchun javobgarlik belgilandi
Jamiyat | 09:45
Mavzuga oid

16:11 / 27.03.2025
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi sifati bo‘yicha dunyoda 64-o‘rinni egalladi

10:36 / 15.03.2025
Qo‘qonda tez tibbiy yordam mashinasida ko‘chat tashigan haydovchi ishdan olindi

10:21 / 01.03.2025
DXX sog‘liqni saqlash boshqarmasining mas’ul xodimini qo‘lga oldi

13:24 / 06.02.2025