«Mançester Siti» – «Arsenal» öyinining 65-daqiqasida hali maydonga tuşib ulgurmagan 17 yoşli Maylz Lyuis-Skelli hakam tomonidan ogohlantirildi. Sababi, u Arteta körsatmasi bilan maydon çetidan borib, darvozabon Rayyaga nimadir dedi, hakam buni sezib, sariq kartoçka körsatdi. Biroz ötib Rayya maydonga yotib olgaç, öyin ma’lum muddatga töxtatildi. Bu paytda Arteta butun jamoani oldiga töplab, kerakli körsatmalarni berdi. Arteta Maylz orqali Rayyaga nima deganini tuşuniş qiyin bölmasa kerak, töğrimi?
Yaqinda bir podkastda savol kötarildi: Artetaning Gvardiola bilan raqobati xuddi Klopp-Pep darajasiga kötarilib, yakunda Arteta ham nemis murabbiyi kabi sovrinni yutib, niyatiga yetişi mumkinmi?
Sönggi yillarda «Arsenal», xususan Artetaning ham murabbiy sifatida tizimli şaklda ösib borayotganini körib, bunga faqat bitta tösiq qolganini aytiş mumkin – agar Pep undan avval Angliyadan ketib qolmasa. Aks holda, albatta, ustoz-şogird örtasidagi kuçli raqobatni tomoşa qilamiz va katta ehtimol, bir kun Arteta Pepdan köproq oçko töplab, çempionga aylanadi, nazarimda.
Endi, ustoz-şogird haqida. Klopp va Pep Gvardiolaning raqobati faqat maydonda keçgan, ikki zamonaviy uslubning haqiqiy kuraşi edi. Sakkiz yil Angliyada, undan avvalgi Bundesligani qöşsak ham, Klopp heç qaçon Pepga qarşi öyinlarda öz uslubidan voz keçmagan. Pep ham aynan şu tufayli Kloppni yuqori qöyar, agar internetni qidirsangiz, ikki murabbiyning bir-birining şa’niga bildirgan juda köp maqtovli gaplarni topiş mumkin. Murabbiylar bir-birini rivojlantirgan, bir-birini kuçaytirgan, bir-biriga nimanidir örgatgan ham.
Sulşerning Mançesterdagi yillarida u köp marta «Mançester Siti» ustidan ğalaba qozongan bölsa-da, heç kim bunga raqobat sifatida qaramagan, Yurgen Klopp darajasiga kötarmagandi. Sababi, norvegiyalik mutaxassis asosan raqibning imkoniyatlarini çeklaş orqali ğalaba qozonişga uringan. Kloppning boşqalardan farqi ham şunda – u doim Gvardiola futboliga qarşi öz futbolini stol ustiga qöya olgan, bunday murabbiylar yana köp, muhimi, Klopp şu yöl bilan ham ijobiy natijalar qayd eta olgani ham edi.
Hozir masalan, yakşanba kungi öyindan keyin aytilyaptiku, «Etihad»da bunday şaroitda har qanday jamoa şunday himoyalanişga majbur bölardi. Töğri gap. Ötgan mavsumdagi «Real»ni eslaş mumkin. Lekin şuning uçun ham Kloppni eslayapmiz, u har qanday şaroitda, doim Gvardiola bilan jang qilgan.
Arteta va Pep raqobati sal boşqa yönalişga qarab ketayotgandek. Avvaliga hamma uning Londonda yangi «Siti» qurayotganiga guvoh böldi, bu ayniqsa aynan ustoziga qarşi bahslarda sezilgandi. Arteta Gvardiolaga qarşi dastlabki 10 öyindan 9 tasini boy berdi. Tört marta yirik hisobda. Keyinçalik, nihoyat «Arsenal» sovrinlar uçun kuraşiş salohiyatini namoyiş qilgani hamono Arteta özgardi. Aynan «Mançester Siti»ga nisbatan.












