Chirchiq daryosining 6 km qismida dam olish hududi barpo etiladi
Buxoro shahri chekkasida Buxoro davlat universiteti uchun yangi kampus quriladi. Xiva shahridagi temiryo‘l vokzali yonida yo‘l o‘tkazgich barpo etiladi. Prezidentga ijtimoiy va iqtisodiy loyihalar haqida axborot berildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 26 sentabr kuni qurilish, ta’lim, turizm va sanoat sohalaridagi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.
Yig‘ilishda qayd qilinishicha, Chirchiq daryosining 6 kilometrga yaqin qismida dam olish hududi barpo etiladi. Buning uchun qirg‘oqlar tartibga keltirilib, ko‘kalamzorlashtiriladi. Mehmonxona, sog‘lomlashtirish va ko‘ngilochar maskanlar quriladi.
YuNeSKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi 2025 yilda Samarqand shahrida o‘tkaziladi. Taqdimotda ushbu tadbirga tayyorgarlik hamda rejalar to‘g‘risida axborot berildi. Xususan, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, YuNeSKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi va boshqa tashkilotlar hamkorligida Samarqand shahridagi madaniy meros obektlarini asrash, ular bo‘ylab sayohatlar va ko‘rgazmalar tashkil etish choralari ko‘rilayotgani ta’kidlandi.
Buxoro shahrining chekkasida Buxoro davlat universiteti uchun yangi kampus qurish rejalashtirilmoqda. 43 gektarda loyihalashtirilayotgan majmuada barcha fakultetlar, ma’muriyat, yotoqxonalar, laboratoriyalar, kutubxona, stadion, sport zali va amfiteatr joylashadi. Dars va amaliyot uchun zamonaviy sharoitlar yaratiladi. Yotoqxona o‘rni 3 mingtadan 6 mingtaga oshadi. Bo‘sh maydonlarga daraxt ekilib, bog‘ barpo etiladi.
Xiva shahridagi temiryo‘l vokzali yonida yo‘l o‘tkazgich barpo etish mo‘ljallanmoqda. Loyihaga ko‘ra, 450 metrlik bu yo‘l transportlar qatnovini alohida tashkil etish imkonini beradi, vokzal va Ichan qal’a o‘rtasida piyodalar xavfsiz harakatlanadi.
Davlat rahbari loyihalarni takomillashtirish, amaldagi ishlarning sifatini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin Ukraina bilan muzokaralarda ishtirok etadigan delegatsiya tarkibini tasdiqladi
Jahon | 02:31
-
Shveytsariyada radar tezlikni oshirgan o‘rdakni suratga oldi
Jahon | 01:40
-
NYT: Trampning oilasi aprel oyida kamida 2 mlrd dollarga boyidi
Jahon | 01:09
-
Zelenskiy: Ukraina muzokaralarning har qanday formatiga tayyor
Jahon | 23:40 / 14.05.2025
Mavzuga oid

19:05 / 12.05.2025
Buxoro shahrida 3 ta mashina yonib ketdi

14:03 / 11.05.2025
Buxoro va Xorazmni bog‘lovchi yo‘lni chigirtkalar bosdi

14:08 / 02.05.2025
Xivadagi davlat tashkilotlari shahar chekkasiga ko‘chiriladi

22:15 / 01.05.2025