Isroilning asosiy duşmanlaridan biri: Hasan Nasrulloh haqida nimalar ma’lum?
|21:02 / 29.09.202433 37016 min
U butun umrining yarmi davomida - 30 yildan ortiq «Hizbulloh»ni boşqardi. Va uni siyosiy partiyadan xavfli jangari guruhga aylantirdi.
Foto: ReutersFoto: Reuters
Livandagi şialar harakati «Hizbulloh» yetakçisi Şayx Hasan Nasrulloh Yaqin Şarqdagi eng maşhur va nufuzli şaxslardan biri edi. U 64 yillik umridan 32 yilida uşbu harakatga rahbarlik qilgan. Bu davrda guruh Livandagi eng katta ta’sirga ega siyosiy kuçga aylandi. U Isroil tomonidan öldirilişidan qörqib, köp yillardan buyon omma qarşisida köriniş bermay kelardi. Ammo 2024 yil 27 sentabr kuni Isroil harbiy-havo kuçlarining Livan poytaxti Bayrut şahriga zarbasi oqibatida halok böldi. «Meduza» «Hizbulloh»ning marhum yetakçisi töğrisidagi ma’lumotlarni töpladi.
Sirli yetakçi
Hasan Nasrulloh — köp jihatdan sirli şaxs edi. U Eron bilan yaqin aloqalarga ega edi va «Hizbulloh» jiddiy siyosiy va harbiy kuçga aylanişida muhim rol öynagandi.
Hasan Nasrullohning bolaligi 1960-yillarga — zamonaviy Livan tarixidagi eng farovon davrlarga töğri kelgan, bu vaqtda mamlakatni «Yaqin Şarq Şveytsariyasi», Bayrutni — «Yaqin Şarqdagi Parij» deb ataşardi.
Ammo köp ötmay vaziyat özgardi. 1970 yilda Iordaniyadagi fuqarolik uruşidan keyin Livanga Yosir Arofat boşçiligidagi Falastin ozodlik taşkiloti rahbariyati köçib ötdi. Mamlakatning janubiy qismi «Fathlend»ga aylandi — bu amalda mamlakat hukumati tomonidan boşqarilmaydigan hudud hamda Isroilga qarşi terrorçilik amaliyotlari tayyorlanadigan bazaga aylandi. 1975 yilda Livanda fuqarolik uruşi boşlandi, unda falastinlik jangarilar faol iştirok etdi. 1976 yilda Livan Suriya qöşinlari tomonidan okkupatsiya qilindi. 1982 yilda esa «Fathlend»ni tugatiş uçun mamlakatga Isroil qöşini bostirib kirdi.
Hasan Nasrulloh 1960 yilda Bayrut şarqidagi Burj Hammud tumanida tuğilgan, bu yerda uning otasi Abdul Karim kiçik sabzavot dökoniga egalik qilardi. U oiladagi töqqiz farzandning tönğiçi bölgan.
U ösmirligida şialarning nufuzli Sadrlar oilasi rahbarligidagi «Amal» siyosiy harakatiga a’zo böladi, bu tuzilma 1975 yilda Livan fuqarolik uruşi içida qolganida maşhurlaşgan. 1970-yillar oxirida Nasrulloh Iroqdagi şialar markazi hisoblangan Najaf şahridagi madrasada öqiydi, bu vaqtda eronliklarning quvğindagi oyatullohi Ruhulloh Xominaiy ham şu şaharda istiqomat qilardi. 1978 yilda Iroq vitse-prezidenti Saddam Husayn şialarga qarşi kampaniya boşlaydi. Xominaiy Parijga ketadi, bir yil ötib u yerdan islom inqilobi yetakçisi sifatida Eronga qaytadi. Nasrulloh ham şu davrda Livanga qaytib, yana «Amal»ga qöşiladi.
1982 yilda, Isroil bosqini boşlanganidan keyin yetarliça harbiylaşmagani tufayli bir guruh a’zolari (ular orasida Hasan Nasrulloh ham bor edi) «Amal»dan ajralib çiqib, «Islom amali» harakatini tuzişadi. Yangi guruh Eron islom inqilobi muhofizlari korpusi tomonidan faol qöllab-quvvatlanadi va şialarning eng yirik harakatiga aylanadi.
Mavzuga oid
1985 yilga kelib aynan uning negizida «Hizbulloh» tuzilgani e’lon qilinadi. Harakat bu haqdagi öz «oçiq xati»da AQŞ va SSSR islom dinining asosiy duşmanlari sifatida keltirilib, musulmonlarning yerlarini egallab olgan Isroilni «yöq qiliş»ga çaqiriladi.
Hasan Nasrulloh Bayrutda qöriqçilar qurşovida, 1986 yil
Kaveh Kazemi / Getty Images
Nasrulloh avvaliga harakatda ikkinçi darajali rollarda böladi. Uning özi keyinroq eslaşiça, oddiy jangçi sifatida xizmat qilganidan keyin guruhning Baalbek şahridagi bölimiga rahbarlik qilgan, keyin butun Bekaa viloyatida rahbar bölgan, faqat şundan keyin Bayrutga kelgan.
U jangari emasdi va 1983 yilda Amerikaning Bayrutdagi elçixonasi va tinçlikparvar kuçlar joylaşgan kazarmada sodir etilgan teraktlarda töğridan töğri iştirok etmagan, bu teraktlar uçun javobgarlikni «Hizbulloh» rasman öz zimmasiga olgan. Öşanda 370 kişi halok bölgan, qurbonlarning aksari xorijliklar edi. Bu terrorizmdagi yangi hodisa edi: portlaş taşkilotçilari Imad Mugniya, Fuad Şukr, Ibrohim Oqil va boşqalar (ularning barçasi öşanda xuddi Nasrulloh kabi 20 yoşdan endi oşgan yigitlar edi) xudkuş orqali portlaş sodir etiş taktikasini işlab çiqişadi.
Nasrulloh faqat 1989 yilda birinçi planga çiqadi. Öşa yili «Hizbulloh»da böliniş yuzaga keladi. Fraksiyalardan biri bu harakat Isroil okkupatsiyasiga qarşi kuraşuvçi jangovar tuzilma bölişi kerak deb hisoblardi, Nasrulloh boşçiligidagi boşqa fraksiya esa Livanda Eron namunasidagi islom respublikasi tuzişni birinçi galdagi vazifa deb bilardi. Islom inqilobi muhofizlari korpusi
Nasrulloh va uning tarafdorlarini tizimli ravişda qöllab-quvvatlaydi.
1992 yilda, «Hizbulloh» boş kotibi Abbos al-Musaviy isroilliklar vertolyoti yöllagan raketa portlaşi oqibatida halok bölgaç, uning örniga Nasrulloh saylanadi. Öşanda borligi deyarli sezilmagan 32 yoşli bu mulozim 30 yildan oşiq vaqt davomida bu lavozimda qolişi va köplar uçun timsolga aylanişi haqida heç kim öylamagandi.
Lekin aynan Nasrulloh «Hizbulloh»ga Livandagi Isroil harbiylariga qarşi kuraşiş uçun tuzilgan kiçik guruhdan Livan armiyasidan qudratliroq bölgan harbiy kuçga aylanişigaça bölgan yölni bosib ötişda boşçilik qiladi.
Nasrulloh 1992 yilda
Jamal Saidi / Reuters / Scanpix / LETA
«Rivojlanişning yangi bosqiçi»
Nasrullohning ilk qadamlaridan biri Musaviy öldirilişi uçun qasos oliş böladi. U Isroil şimoli böylab raketa zarbalari yöllaşga buyruq beradi, buning natijasida bir qizça halok böladi.
Keyin esa «Hizbulloh» mintaqadan taşqarida bir neça şov-şuvli teraktlarni amalga oşiradi. 1992 yilda Isroilning Buenos-Ayresdagi elçixonasi oldida mina örnatilgan avtomobil portlaydi, natijada 29 kişi halok böladi. 1994 yilda xuddi şu Buenos-Ayresda xudkuş terrorçi Yahudiylar madaniy markazida özini portlatib, 86 kişi hayotiga zomin böladi. Ikki terakt uçun ham javobgarlikni «Hizbulloh» öz zimmasiga oladi.
Bu vaqtga kelib Isroil qöşini «Fathlend»ni tor-mor etgan (Falastin ozodlik taşkiloti rahbariyati Tunisga qoçib ketgandi) va Livananing katta qismini tark etib, faqat mamlakat janubida «bufer zona» qoldirgandi. «Fathlend» örnida esa «Hizbullohlend» paydo böladi.
Foto: AFP
Nasrulloh «Hizbulloh»ni siyosiy kuçga aylantiriş dasturini muvaffaqiyatli amalga oşiradi, bunda unga Eron katta yordam körsatadi. 1992 yilda taşkilot ilk bor Livan parlamenti uçun saylovlarda iştirok etib, 128 örindan 8 mandatga ega böladi. Şundan keyingi yillarda «Hizbulloh» muntazam ravişda parlamentda öz vakillariga ega böladi, 2005 yildan — odatda ikki vazirlikni nazorat qiladigan hukumatda ham.
Nasrulloh boşqaruvi davrida «Hizbulloh» katta ta’sirga ega bölgan siyosiy kuçga aylanib, öz ta’lim dasturlari, ijtimoiy xizmatlari va şifoxonalarini yaratdi. Şuningdek, guruh Eronning mintaqada yetakçilikka intilişida muhim vosita vazifasini bajardi.
Hasan Nasrulloh 1997 yilda
Jamal Saidi / Reuters / Scanpix / LETA
Nasrulloh Isroil qöşinlariga qarşi «kiçik uruş»ni davom ettiradi, Eron yordamida guruh muntazam ravişda Isroil şimoliga raketa zarbalari yöllab keldi, bu jarayon isroilliklar 2000 yilda Livan janubini butunlay tark etişi bilan yakunlanadi. Lekin öşanda isroillik askarlar bilan otişma çoğida uning tönğiç öğli Hodiy ham halok böladi.
Aynan öşanda Nasrulloh «arab köçalari» uçun haqiqiy qahramonga aylanadi. Qöşinlar olib çiqilgaç, Nasrulloh «Hizbulloh» Isroil ustidan ilk ğalabasiga erişganini e’lon qiladi.
Isroil hududi öqqa tutilişi qöşinlar olib çiqilganidan keyin ham töxtatilmaydi. Endi «Hizbulloh» buning uçun taşlandiq Şebaa fermasi — Jölan tepaliklaridagi 22 kilometr kvadrat maydon uçun bahsni bahona qiladi. Livan ham, Isroil ham bu yerni özining suveren hududi deb bilardi. Nasrulloh Livanning butun hududi, jumladan Şebaa tumani ham ozod etilmaguniça, «Hizbulloh» qurolni taşlamasligiga qasam içadi.
Uning parlamentdagi fraksiyasi ham «Qarşilikka sodiqlik» deb atalardi, undagi «qarşilik» Isroilga qarşi kuçlar koalitsiyasini ifodalaydi: Eron va uning proksi kuçlari, şuningdek Hamas va Falastindagi boşqa guruhlar.
«Hizbulloh» falastinliklarning Hamas harakati jangçilari, şuningdek Iroq va Yamandagi şia ayirmaçilarni tayyorlaşda yordam beradi, Isroilga qarşi qöllaş uçun Erondan raketalar va snaryadlar olib turadi.
Nasrulloh Erondan taşqari Suriyadagi Asadlar sulolasi bilan ham qalin aloqa örnatgandi. Livanliklarning (asosan, xristianlar) töxtovsiz namoyişlariga qaramay Suriya qöşini hamon Livanda qolayotgandi. 2004 yilda bu namoyişlarga mamlakatning sobiq boş vaziri Rafiq Haririy rahbarlik qiladi. 2005 yilda esa u terakt qurboniga aylanadi. Xalqaro tekşiruv kelgan xulosaga köra, teraktni «Hizbulloh» uyuştirgan. 2006 yilda Livan hukumati Haririyning ölimi işi böyiça BMT maxsus tribunalini tuzişga rozilik bildirganida, «Hizbulloh» Bayrutda yirik namoyişlar uyuştiradi. Yakunda terakt uçun heç kim javobgarlikka tortilmaydi.
Qançalik ğalati bölmasin, Nasrulloh uçun eng zafarli onlar 2006 yilgi Ikkinçi Livan uruşi böladi. Öşanda «Hizbulloh» jangarilari Isroil bilan çegarani kesib ötib, isroillik askarlardan sakkiz nafarini öldiradi va ikki nafarini öğirlab ketadi. Bu esa Isroil tomondan javob qaytarilişiga olib keladi. Isroil qöşini «Hizbulloh»ni tugatiş uçun yana mamlakatga bostirib kiradi, nafaqat harbiy infratuzilmalar, balki aholi yaşaş joylariga vayronkor zarbalar beriladi.
Isroil harbi samolyotlari «Hizbulloh»ning Livan janubidagi tayanç punktlari hamda Bayrutning janubiy çekkalarini bombardimon qiladi, «Hizbulloh» esa Isroil böylab 4 mingga yaqin raketa uçiradi. Nasrullohning uyi va qarorgohiga ham isroil harbiy samolyotlari tomonidan zarba beriladi, ammo uning özi omon qoladi. 34 kun davom etgan harbiy harakatlar yakunida 1125 livanlik (köpçiligi tinç aholi vakillari), şuningdek 119 nafar isroillik askar hamda 45 nafar tinç aholi vakili halok böladi. Ammo bu Nasrullohga, isroillik harbiylar Livanni tark etganida, «Hizbulloh»ning yangi ğalabasi haqida e’lon qilişiga tösqinlik qilmaydi.
Bu Nasrullohning öziga xos usuli edi: u duşmanning maqsadi «Hizbulloh» va uning özini yöq qiliş bölgani, «Hizbulloh» va özi tirik ekan, duşman yengilganini aytiş. Livanning bunday har bir «ğalabasi» mamlakatni borgan sari iqtisodiy va ijtimoiy inqiroz botqoğiga çöktirardi.
U 2006 yildan keyin Isroil tomonidan öldirilişdan qörqib, omma oldida çiqiş qilmaydi va özining oldindan yozib olingan videomurojaatlarini tarqatadi. Foto: Reuters
2009 yilda Nasrulloh yangi siyosiy manifest çiqaradi, unda «Hizbulloh»ning «siyosiy qaraşlari» ifodalangan.
Yangi hujjatda, 1985 yilgi manifestdan farqli ölaroq, «Hizbolloh» tuzişga urinib kelgan islom respublikasi haqida gap yöq, ammo Isroil va AQŞga nisbatan qat’iy pozitsiya saqlanib qolgan.
Şuningdek, unda BMTning Livan janubida qurol qöllaşni taqiqlaş töğrisidagi rezolyutsiyasiga qaramay, «Hizbulloh» öz qurollarini saqlab qolişi zarurligi haqida gap boradi.
«Odamlar özgaradi. Sönggi 24 yil içida butun dunyo özgardi. Livan özgardi. Dunyo tartiboti özgardi», — degandi Nasrulloh.
Tört yil ötib Nasrulloh «Hizbulloh» öz mavjudligining «mutlaqo yangi bosqiçiga kirayotgani»ni aytib, eronparast ittifoqçisi, prezident Başar Asadga kömak uçun Suriyaga qöşin yuboradi.
«Bu bizning ham jang va biz unga tayyormiz», — degandi u.
Livandagi sunniy yetakçilar esa «Hizbulloh»ni mamlakatni Suriyadagi uruşga tortgani, bu tufayli konfessiyalar orasidagi munosabatlar keskinlaşişiga sabab bölganida ayblaydi.
Sönggi yillar
2019 yilda Livandagi çuqur iqtisodiy inqiroz ança vaqtdan buyon korrupsiya, isrofgarçilik, samarasizlik va loqaydlikda ayblab kelingan siyosiy elitaga qarşi keng kölamli norozilik namoyişlarini keltirib çiqaradi.
Avvaliga Nasrulloh islohotlarga çaqiriqlarga qöşiladi, ammo namoyişçilar siyosiy tizimni töliq qayta körib çiqişni talab qila boşlagaç, uning bunga munosabati özgaradi.
Nasrullohning portreti 2022 yilgi parlament saylovlari arafasidagi kampaniyada Bayrut köçalarida
Francesca Volpi / Bloomberg / Getty Images
2023 yil 8 oktyabrda, Hamas jangarilari Isroilga misli körilmagan hujumni amalga oşirgaç, «Hizbulloh» va Isroil örtasidagi töqnaşuvlar ham avj oladi.
«Hizbulloh» «falastinliklar bilan birdamlik ramzi» sifatida Isroil pozitsiyalarini öqqa tutadi.
Nasrulloh noyabr oyidagi nutqida Hamasning hujumi «töliğiça Falastin tomonidan qabul qilingani va ijro etilgani»ni aytadi, ammo uning guruhi tomonidan Isroil hududlari öqqa tutilişining özi «juda muhim va ahamiyatliligi»ni qöşimça qiladi.
Ötgan davr mobaynida «Hizbulloh» Isroil şimoli böylab 8 mingdan ortiq raketa uçirdi. Şuningdek, tanklarga qarşi raketalar bilan zirhli maşinalarga zarba berdi, harbiy obektlarga dronlar hujum qildi.
Isroil mudofaa armiyasi havodan zarbalar beriş, şuningdek, tank va artilleriya orqali «Hizbulloh»ning Livandagi pozitsiyalariga öt oçiş bilan javob qaytardi.
Nihoyat, 2024 yil sentabrda Isroil jiddiy harakatga kirişdi: avvaliga «Hizbulloh» jangarilarining peyjyerlari va ratsiyalari birin-ketin portlab ketdi, 39 kişi halok bölib, minglab kişilar yaralandi. Sönggi nutqida Nasrulloh bu portlaşlarda isroilliklarni ayblab, Isroil «barça qizil çiziqlar»ni bosib ötganini aytdi. U şuningdek guruhga «bemisl darajada zarba berilgani»ni tan oldi va bunga javob qaytarilişiga va’da berdi. Keyingi kunlarda esa Isroil harbiy havo kuçlari Livan böylab misli körilmagan darajada şiddatli aviazarbalar yölladi, buning natijasida qariyb 800 kişi halok böldi.
Nasrulloh boşqaruvi davrida «Hizbulloh» amalda Livanning katta qismini nazorat qildi: mamlakat janubi, şarqdagi Bekaa vodiysi, şuningdek Bayrut janubidagi Dahiya tumanini. Poytaxtning bu hududidagi köçalarda Livan bayroqlari emas, balki «Hizbulloh» bayroqlari hamda Nasrulloh hamda «Hizbulloh» a’zolari özining diniy rahnamosi deb biladigan oyatulloh Xominaiyning portretlari osilgan. Isroilliklar sönggi haftalarda aynan Dahiyaga yöllagan aviazarbalar oqibatida «Hizbulloh» rahbariyati qariyb töliq yöq qilindi. Jumladan, Nasrulloh ham.