Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada migrantlarga soxta hujjat tayyorlagan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Sxema ishtirokchilari qurilish bilan shug‘ullanuvchi soxta tijorat tashkilotlarini tashkil etib, migrantlar bilan Rossiyada qolish muddatini uzaytirish imkonini beruvchi soxta mehnat shartnomalarini imzolagan.
Moskvada qurilish sohasidagi soxta kompaniyalar orqali mingdan ortiq migrantni qonuniylashtirgan uyushgan guruh faoliyati to‘xtatildi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligining Moskva boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, sxema ishtirokchilari qurilish bilan shug‘ullanuvchi soxta tijorat tashkilotlarini tashkil etgan. Shundan so‘ng, guruh a’zolari migrantlar bilan Rossiyada qolish muddatini uzaytirish imkonini beruvchi soxta mehnat shartnomalarini imzolagan.
Sxema ishtirokchilari messenjerlar orqali mijozlarni izlagan. Shuningdek, ba’zi migrantlar do‘stlarining tavsiyasi bilan ularga murojaat qilgan. O‘z xizmatlari uchun ular 5 mingdan 10 ming rublgacha olgan.
«Yashirin biznesdan olingan daromad dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 5 million rubldan oshadi, qonuniylashtirilgan xorijliklar soni esa ming kishidan ko‘p», deyiladi hisobotda.
Mavzuga oid
13:17
Ukrainaning 40 kunlik ta’sir amaliyoti: urush burilish nuqtasidami?
18:12 / 28.06.2026
Moskvaliklar benzin uchun navbat kutmoqda – suratlar
11:00 / 27.06.2026
Tibbiyot muassasalariga ishga kiritish bilan bog‘liq firibgarliklar aniqlandi
10:40 / 27.06.2026