Kongoda Mpox oqibatida vafot etganlar soni 1000 kishiga yaqinlashdi
Mpox oqibatida yuzaga kelayotgan o‘lim holatlari asosan bolalarda kuzatilmoqda, besh yoshgacha bo‘lganlar guruhi umumiy o‘lim holatlarining 70 foizini tashkil etyapti.
Kongo Demokratik Respublikasida joriy yil boshidan beri 30 mingdan ortiq insonda Mpox (maymunchechak) kasalligi aniqlandi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Samyuel Rojye Kamba ma’lum qildi.
«Ayni vaqtda qadar 31 ming kishida kasallik aniqlandi va 988 kishi vafot etdi. Mpox oqibatida yuzaga kelayotgan o‘lim holatlari asosan bolalarda kuzatilmoqda, besh yoshgacha bo‘lganlar guruhi umumiy o‘lim holatlarining 70 foizini tashkil etyapti. Mpox bilan kasallanganlar mamlakatning 26 ta provinsiyasida qayd etilgan», — deydi Kamba.
Vazirning qo‘shimcha qilishicha, hozirgi epidemiya Mpox’ning ikkita shtammi tufayli yuzaga kelgan bo‘lib, ularning eng xavfli turi jinsiy yo‘l bilan yuqadi.
Kambaning so‘zlariga ko‘ra, 5 oktyabr kuni mamlakat sharqida Mpox’ga qarshi vaksinatsiya boshlanishi kerak. Mamlakat hukumati 5 millionga yaqin insonni emlashni reja qilgan.
14 avgustda JSST Mpox virusi tarqalishi bo‘yicha favqulodda holat e’lon qilgandi. Bir hafta ichida 2000 dan ortiq kasallanish holati qayd etilgan va virus Afrika qit’asiga qo‘shni davlatlarda ham tarqala boshlagan.
Sentyabr o‘rtalarida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) maymunchechakka (mpox) qarshi birinchi vaksinani tasdiqladi. Vaksinaning narxi taxminan 100 dollarga teng. U 18 yosh va undan katta odamlarda chechakka qarshi emlash uchun tasdiqlangan, ammo bolalar, homilador ayollar va immunitet tanqisligi bo‘lgan odamlarda epidemiya sharoitida qo‘llanilishi mumkin.
Mavzuga oid
19:57 / 18.12.2024
Kongoda o‘nlab insonlar o‘limiga sababchi bo‘lgan noma’lum kasallik bezgakning og‘ir shakli bo‘lib chiqdi
00:31 / 18.12.2024
Kongo Appleʼni noqonuniy qazib olinayotgan minerallardan foydalanishda aybladi
01:46 / 07.12.2024
JSST noma’lum kasallik sabablarini aniqlash uchun Kongoga o‘z mutaxassislarini yuboradi
19:45 / 03.12.2024