Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hafta davomida yog‘ingarchiliksiz va iliq ob-havo kutilmoqda
O‘zbekistonda ish haftasi davomida asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Harorat kechalari +8…+13, kunduz kunlari +23…+28 daraja bo‘ladi. Ayrim joylarda chang-to‘zonlar bo‘lishi mumkin.
Foto: Kun.uz
O‘zbekistonda ish haftasi davomida asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, deya xabar bermoqda «O‘zgidromet» agentligi.
Dushanba kuni kunduzi respublika hududining katta qismida iliq va kam bulutli ob-havo saqlanib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Havo harorati +23…+28 darajani tashkil etadi.
10–11 oktyabrda O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15−20 metr/soniyagacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.
Hafta davomida havo harorati kechalari +8…+13 darajani, kunduz kunlari +23…+28 darajani tashkil etadi. Faqat respublika tog‘li hududlarining ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi.
Toshkent shahrida 7 oktyabrdan 10 oktyabrgacha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi. Havo harorati kechalari +10…+13, kunduz kunlari +25…+28 daraja atrofida bo‘ladi.
Mavzuga oid
16:10 / 11.03.2026
“Daraxtlarni asrash uchun chorvalarimgacha sotdim” – vodiyda bog‘bonlar sovuqdan qanday himoyalanmoqda?
13:42 / 10.03.2026
Hafta oxiriga borib havo isishi kutilmoqda
11:32 / 10.03.2026
Daraxtlarni sovuq uradi
13:55 / 09.03.2026