Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Netanyahu Nasrullohdan keyin «Hizbulloh»ning ikki yetakchisi ham o‘ldirilganini ma’lum qildi
Isroil aviatsiyasi tomonidan Bayrutga berilgan zarbalar oqibatida halok bo‘lgan Hasan Nasrullohdan keyin Hoshim Safiuddin «Hizbulloh»ning yangi rahbariga aylangan edi.
Isroil Mudofaa kuchlari «Hizbulloh» yetakchisi Hasan Nasrullohning ikki vorisini ham o‘ldirdi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Binyamin Netanyahu Livan fuqarolariga yo‘llagan murojaatida ma’lum qildi.
«Isroilda o‘zini himoya qilish huquqi bor. Isroilning g‘alaba qozonish huquqi ham mavjud va u buni amalga oshiradi. Biz «Hizbulloh»ning imkoniyatlarini zaiflashtirdik. Minglab terrorchilarni, xususan, Nasrullohning o‘zini, Nasrullohning vorisi va uning vorisini ham yo‘q qildik», — deydi Netanyahu.
Isroil aviatsiyasi tomonidan Bayrutga berilgan zarbalar oqibatida halok bo‘lgan Hasan Nasrullohdan keyin Hoshim Safiuddin «Hizbulloh»ning yangi rahbariga aylangan edi. 5 oktyabr kuni «Al-Arabiya» telekanali TsAHAL hujumi oqibatida u ham o‘ldirilganini ma’lum qildi. Isroil Mudofaa kuchlari Safiuddinning o‘limini rasman tasdiqlamadi, ammo 8 oktyabr kuni, Netanyahuning murojaatidan bir necha soat oldin mamlakat mudofaa vaziri Yoav Galant Safiuddin Bayrutga berilgan zarbalar oqibatida «halok bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini» aytdi.
Netanyahu Nasrullohning Safiuddindan keyingi davomchisi ismini oshkor etmadi.
Hasan Nasrulloh 28 sentabr kuni Isroil Bayrut janubidagi yerosti shtabiga yo‘llagan aviazarba oqibatida halok bo‘lgandi. U tashkilotga 1992 yildan buyon rahbarlik qilib kelgan. Harakat rahbariyati uning o‘limidan keyin G‘azo, Falastin, shuningdek Livanni qo‘llab-quvvatlash uchun «dushmanga qarshi jihodni davom ettirishi»ni ma’lum qilgandi.
Mavzuga oid
09:56 / 08.07.2026
Hamas G‘azodagi fuqarolik hukumatini tarqatib yubordi
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
00:14 / 29.06.2026
Isroil hukumati Usmoniylar imperiyasida armanlar genotsidi bo‘lganini tan oldi
10:45 / 27.06.2026