Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hakerlar Internet Archive saytini buzib kirdi. Millionlab foydalanuvchilarning ma’lumotlari sizib chiqib ketdi
HIBP servisi asoschisiga ko‘ra, sizib chiqqan ma’lumotlarda 31 millionta bir-birini takrorlamaydigan elektron pochta manzillari mavjud.
Foto: Adobe Stock
Internet Archive notijoriy tashkilotiga tegishli Wayback Machine saytida foydalanuvchilarning ma’lumotlari sizib chiqib ketdi.
9 oktyabr kuni saytdagi saqlangan sahifalarni ko‘rishga uringan foydalanuvchilar quyidagi matnga duch kelgan: «Siz qachondir Internet Archive imkoniyatidan tashqari va doimo xavfsizlikning halokatli darajada buzilishi yoqasida ishlashini his qilganmisiz? Hozirgina bu sodir bo‘ldi. Qarang, sizlarning 31 million nafaringiz HIBP’da [sizib chiqqan ma’lumotlarni to‘plovchi servis]».
Shu bilan birga, sayt odatdagidan sal sekinroq bo‘lsa-da ishlashda davom etmoqda. Yuqoridagi yozuv bir necha soatdan keyin saytdagi boshqa ma’lumotlar kabi yo‘qolib qolgan. Asosiy sahifaga kirilganida, saytdan vaqtincha foydalanib bo‘lmasligi to‘g‘risida xabar chiqmoqda.
HIBP servisi asoschisi Troy Xant hakerlardan Internet Archive foydalanuvchilariga tegishli ma’lumotlarni olganini va bu haqda loyiha rahbariyatini xabardor qilganini tasdiqlagan. Xantning so‘zlariga ko‘ra, sizib chiqqan ma’lumotlarda 31 millionta bir-birini takrorlamaydigan elektron pochta manzillari mavjud.
HIBP saytida qayd etilishicha, hakerlar foydalanuvchilarning nafaqat elektron pochta manzillarini, balki ularning «nikneymlari» va shifrlangan parollarini ham qo‘lga kiritgan.
X ijtimoiy tarmog‘idagi SN_Blackmeta akkauntida aynan ular Internet Archive’ni buzib kirishgani to‘g‘risida tvit e’lon qilindi. Tashkilot vakili Jyeyson Skott holatga izoh berdi: «Tvitga ko‘ra, ular buni shunchaki amalga oshirgan. Ya’ni qo‘llaridan kelgani uchun. Biror bayonot, g‘oya yoki talab yo‘q».
Mavzuga oid
08:40 / 25.07.2025
Kiyevda hakerlar forumi ma’muri qo‘lga olindi
18:08 / 22.05.2025
Britaniya Rossiya maxsus xizmatlarini 10 mingga yaqin kamerani buzib kirganlikda aybladi
23:49 / 29.04.2025
Fransiya Rossiya harbiy razvedkasini muntazam ravishda kiberhujumlar uyushtirib kelganlikda aybladi
21:13 / 24.03.2025