Buyuk Britaniya hamda uning ittifoqçilari razvedka xizmatlari Rossiya Razvedka boş boşqarmasining APT 28 yoki Fancy Bear nomi bilan tanilgan bölinmasini videokuzatuv kameralaridan foydalanişga uringanlikda aybladi. Ular Ukrainaga yetkazilayotgan Ğarb yordamini kuzatib, yetkazmalarga xalaqit berişga uringan, deb yozadi The Guardian.

Ma’lumotlarga köra, rossiyalik hakerlar 2022 yildan beri NATOga a’zo mamlakatning xususiy va davlat taşkilotlariga qarşi kiberkampaniyalar olib bormoqda.

Buyuk Britaniya Milliy kiberxavfsizlik markazi AQŞ va Yevropa davlatlari agentliklari hamkorligida tayyorlagan hujjatda aytilişiça, hakerlar Ukrainaga yetkazilayotgan tovarlarni kuzatiş uçun kuzatuv kameralari, şuningdek, yöl kameralarini buzib kirgan. Gap çegara ötiş joylari yaqinidagi, harbiy obektlar va temiryöl stansiyalaridagi 10 ming kamera haqida ketmoqda. Buzib kirilgan kameralarning 80 foizi Ukrainada, 10 foizi — Ruminiyada, 4 foizi — Polşada, 2,8 foizi — Vengriyada va 1,7 foizi — Slovakiyada joylaşgan. Qolganlar kameralar qayerda joylaşgani ma’lum qilinmagan.

Hakerlar bundan taşqari, Kiyevga yetkazilayotgan Ğarb yordamlariga, jumladan, poyezdlar jadvali va yuk xatlariga oid maxfiy ma’lumotlarni töplaşning boşqa harakatlarini ham amalga oşirgan. Hisobot mualliflarining ta’kidlaşiça, ular pornografiyali fişing xatlar va soxta hujjatlarni tarqatgan, şuningdek, tizimlarga kiriş uçun parollarni öğirlagan.

Buyuk Britaniya Milliy kiberxavfsizlik markazi Ukrainaga yordam yetkazişda iştirok etayotgan xususiy kompaniyalar «zudlik bilan himoya çoralarini körişga» çaqirmoqda.

APT 28 yoki Fancy Bear hakerlar guruhi Razvedka boş boşqarmasining 85-maxsus xizmatlar boş markazi yoki «GRU»ning 26165-sonli bölinmasi nomi bilan ham tanilgan.

Fancy Bear hakerlari Demokratlar partiyasi Milliy qömitasi serverlarini va AQŞ sobiq davlat kotibi Hillari Klintonning elektron poçtasini ham buzganlikda ayblanadi. Şuningdek, ular Bundestag va Germaniya Sotsial-demokratlar partiyasiga, Kimyoviy qurollarni taqiqlaş taşkilotiga kiberhujumlar uyuştirgan.

2020 yilda Yevroittifoq Razvedka boş boşqarmasi boşliği Igor Kostyukov hamda uning nazorati osti bölgan 85-maxsus xizmatlar boş markaziga qarşi sanksiyalar joriy etgandi.