Portugaliyada AQŞ talabiga binoan Gotbit kriptovaluta kompaniyasi rahbari, Rossiya fuqarosi Aleksey Andryunin qölga olindi. Bu haqda 9 oktyabr, çorşanba kuni AQŞ Adliya vazirligi ma’lum qildi. Andryunin firibgarlik va pul yuvişda ayblanib, AQŞga ekstraditsiya qilinişini kutmoqda. Xuddi şu işda yana ikki rossiyalik ayblanmoqda: Gotbit marketing böyiça direktori Fedor Kedrov va savdo böyiça direktor Kavi Jalili.

Vazirlik ma’lumotlariga köra, 2018—2024 yillarda Gotbit boşqa kriptokompaniyalarga, şu jumladan Amerika kompaniyalariga kriptovaluta bozorini manipulyatsiya qiliş böyiça xizmatlar körsatgan, xususan, savdo hajmini sun’iy ravişda oşiriş uçun millionlab dollarlik soxta operatsiyalarni amalga oşirgan. Gotbit asosan past likvidli kriptovalutalar va kriptotokenlar bilan işlagan, deya xabar beradi AQŞ Adliya vazirligi. Andryuninning özi YouTube'dagi bir neçta intervyularida uning kompaniyasi «likvidlikni yaratiş» bilan şuğullanganini aytgan.

Amerika rasmiylari yana uçta kriptokompaniyani kriptovaluta bozorini manipulyatsiya qilişda ayblamoqda — ZM Quant, CLS Global va MyTrade. Qölga olişlar Qöşma Ştatlar va Buyuk Britaniyada ham bölib ötdi, 18 uşlangan şaxsdan tört nafari allaqaçon aybini tan olgan. 25 million dollarlik kriptovaluta musodara qilindi va 60 dan ortiq kriptoaktivlar bilan soxta savdo qiliş uçun botlar öçirib qöyildi.

Dalillarni töplaş uçun AQŞ Federal tergov byurosi (FTB) özining NexFundAI kriptotokenini yaratdi va şartnomalar tuziş uçun xuddi şu nomdagi kompaniyani röyxatdan ötkazdi. AQŞ Adliya vazirligi bu işni kriptovaluta bozorini manipulyatsiya qiliş uçun birinçi jinoiy ta’qib deb ataydi.

AQŞda eng yirik kriptovaluta birjasi asosçisi 25 yilga qamaldi

Mart oyida eng yirik kriptovaluta birjalaridan biri FTX asosçisi va sobiq boş direktori Sem Bankmen-Frid AQŞ sudi tomonidan 25 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Avvalroq u mijozlardan 8 milliard dollar öğirlaganlikda aybdor deb topilgan edi.

2019 yilda taşkil etilgan FTX 2022 yil noyabriga kelib 32 milliard dollarga baholangan. Jurnalistlar Bankman-Fridning ikkinçi yirik biznesi aktivlari asosan öz birjasi tomonidan çiqarilgan kriptovalutadan iborat ekanini aniqlaganidan keyin bir neça kun içida kompaniyaning qiymati nolga tuşib ketdi.

Tadbirkor 2022 yil dekabr oyida Bahama orollarida hibsga olingan va AQŞ tarixidagi eng katta garov - 250 million dollar va ota-onasi kafolati evaziga uy qamoğiga qöyib yuborilgan.