Estoniya qrimtatarlarning deportatsiyasini genotsid deb tan oldi
Estoniya parlamenti Qrim tatarlarining deportatsiyasini genotsid akti deb tan oldi. Bu haqda Qrimdagi Prezident vakolatxonasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bu boradagi bayonotni 83 nafar deputat qo‘llab-quvvatlagan.
«Bugun Estoniya Respublikasi parlamenti 1944 yilda sovet rejimi tomonidan qrimtatar xalqining deportatsiyasini genotsid akti deya tan olish to‘g‘risidagi bayonot ma’qullandi. Parlamentning 83 deputati ushbu bayonotni qo‘llab-quvvatladi», — deyiladi xabarda.
Bayonotda qrimtatarlarining ommaviy qirg‘in qilinishi va ularning Qrim yarimorolidan majburan deportatsiya qilinishi qoralanadi. Shuningdek, hujjatda ta’kidlanishicha, Rossiya Federatsiyasi 2014 yilda Qrimni egallab olganidan keyin ham qrimtatarlarga qarshi genotsid siyosatini davom ettirmoqda.
Estoniya parlamenti deputatlari egallab olingan Qrimdagi qrimtatarlarga qarshi tizimli hibslar, qiynoqlar, o‘g‘irlashlar, ona tilini o‘rganish va undan foydalanishga taqiqlar tufayli bugungi kunda ham davom etayotgan jinoyatlar davom ettirilishini qoralashga chaqirdi.
1944 yilning 18-21 may kunlari SSSR rahbariyati tomonidan Qrim yarimorolida istiqomat qilib kelayotgan 200 ming nafar qrimtatar majburiy tartibda Markaziy Osiyoga deportatsiya qilingan. Yo‘lda ko‘chirilayotganlarning taxminan 40 foizi ochlikdan va kasalliklardan halok bo‘lgan. Har yili 18 may kuni Qrim tatarlari deportatsiya qurbonlarini yodga oladi. 2014 yildan buyon Ukrainada 18 may qrimtatarlarning huquqlari uchun kurashish kuni sifatida nishonlanadi.
Mavzuga oid
19:00
“Matritsa”ning buzilishi va tarixiy order
15:36 / 23.12.2024
Qora dengiz sohillarini mazut qopladi - tankerlar halokati oqibatlari fotosuratlarda
20:53 / 16.12.2024
Estoniya ortidan Litva ham Gurjistonga qarshi sanksiyalarini kengaytirdi
12:20 / 05.12.2024