Litvinenko haqidagi film rejissyori Nekrasov Rossiyani tark etdi
Avgust oyida hibsga olingan hujjatli film rejissyori Andrey Nekrasov qamoqdan ozod etildi. U Rossiyani tark etgan va «uchinchi davlatda», deb xabar berdi uning Facebook sahifasi ma’murlari.
Smolensk yaqinida avgust oyida hibsga olingan rejissyor va yozuvchi Andrey Nekrasov ozodlikka chiqdi va Rossiyani tark etdi. Bu haqda 16 oktyabr, chorshanba kuni uning Facebookʼdagi sahifasida e’lon qilingan xabarda aytiladi.
Xabarda aytilishicha, bir kun oldin, 15 oktyabr kuni sud ijrochilari Nekrasovni Moskvaga olib kelishgan, shundan so‘ng u Rossiyani tark etgan va hozir «uchinchi davlatda». «Hayot va sog‘liq uchun hech qanday xavf yo‘q», deb ta’kidlaydi xabar mualliflari.
Avgust oyida faqat Germaniya fuqaroligiga ega bo‘lgan 66 yoshli Andrey Nekrasov Smolensk oblastida yangi filmni suratga olish vaqtida ushlangan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, fuqarolik kiyimidagi «FSB» xodimlari u «FSB» binosi yonida suratga olish ishlarini tashkil etganini da’vo qilgan.
Sud rejissyorni «noqonuniy professional faoliyatda» aybdor deb topib, 90 kunga hibsga oldi. Rossiyada noqonuniy mehnat faoliyati bo‘yicha Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 18.10-moddasi jarima va mamlakatdan majburiy deportatsiya qilish jazosini nazarda tutadi.
Mavzuga oid
20:08 / 27.11.2024
Rossiyada Markaziy Osiyo davlatlari bilan viza rejimi joriy etilishi kutilmayapti
19:39 / 27.11.2024
2024 yilda Rossiyani bir million migrant tark etdi
08:30 / 27.11.2024
G7 RFning yadroviy ritorikasini qoralab chiqdi
01:17 / 27.11.2024