“Qarz olinganiga yarasha, iqtisodiy ko‘rsatkichlar barqaror bo‘lishi lozim” - Jahon banki katta iqtisodchisi
O‘zbekiston davlat qarzi joriy yilning birinchi yarmida 37 mlrd dollarga yetdi. Shundan 30,9 mlrd dollari tashqi qarz hisoblanadi. Toshkentdagi Xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligida qatnashayotgan Jahon banki katta iqtisodchisi Pinar Yasharga ko‘ra, tashqi qarz masalasida ehtiyotkorlik kerak.

Foto: Kun.uz
Kun.uz muxbiri panel sessiyada chiqish qilgan iqtisodchi Pinar Yashardan O‘zbekistonning tashqi qarzi, inflatsiya va iqtisodiyot oldidagi murakkab masalalar haqida so‘radi. Yasharga ko‘ra, bozor iqtisodiyotiga o‘tish davridagi mamlakatlarning tashqi qarz olishi odatiy hol, lekin bu borada o‘ta ehtiyotkorlik kerak.
“Odatda biz bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan davlatlarning tashqi qarzi ko‘payishini oldindan kutamiz. Chunki ularga moliyaviy ko‘mak juda zarur bo‘ladi. O‘zbekiston bo‘yicha ha, qarzi stabil ko‘payib boryapti. Bu dinamikada o‘ta ehtiyotkorlik talab etiladi, qarz olinganiga yarasha iqtisodiy ko‘rsatkichlar stabil oshishini ta’minlash kerak. Hozir respublika o‘tish davrida ekanini inobatga olsak, yillar o‘tib agar moliya bozori rivojlansa, ishlab chiqarish ko‘paysa, qarz ham kamayadi”, – deydi Pinar Yashar.
Jahon banki vakiliga ko‘ra, inflatsiya ko‘rsatkichi O‘zbekistonda juda yuqori emas, ammo uni nazorat qilish muhim. Tashqi ta’sirlarni hukumat nazorat qilolmaydi, deydi Pinar.
“Inflatsiya ham jiddiy mavzu, lekin O‘zbekistonda inflatsiya darajasi o‘ta yuqori deyolmayman. Global bozorlardagi narx-navo ham, albatta, ta’sir qilyapti. Talab va taklif faktoridan kelib chiqib qaralsa ham, o‘sish kuzatilmoqda. Bunda O‘zbekiston Markaziy bankiga ko‘p narsa bog‘liq, ularning kutilmalari va oqilona ishlashi, tez-tez qaror qabul qilishi – inflatsiya dinamikasini o‘zgartiradi. Lekin tashqi ta’sirlarni hukumat xohlasa ham nazorat qilolmaydi. Shunday bo‘lsa ham, O‘zbekistonda inflatsiya nazoratdan chiqib ketgan deyolmayman. Biroq inflatsiyani hozirgidan pastroq darajaga tushirish mumkin”, – deydi katta iqtisodchi.
Pinar Yasharning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston oldida turgan muhim chaqiriqlar iqtisodiyotda davlat ulushini qisqartirish, xususiy sektor faolligini oshirish, bozorlarning liberallashishi bilan bog‘liq.
Avvalroq Jahon banki O‘zbekistonni Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida eng tez o‘sayotgan uchta iqtisodiyotdan biri ekanini e’tirof etgandi.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Markaziy bank Telegram orqali tarqalayotgan firibgarlikdan ogohlantirdi
Jamiyat | 16:34
-
Shakarga aksiz to‘lovi bekor qilinadi. Quruq sut importiga qo‘yilgan cheklovlar ham olib tashlanadi
O‘zbekiston | 16:32
-
8 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi bo‘lishi e’lon qilindi
Jamiyat | 16:21
-
1 iyuldan birorta tovar eksportiga cheklov bo‘lmasligi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 16:07
Mavzuga oid

20:44 / 17.04.2025
Tashqi qarz miqdori: xalqaro tavsiyalar va joriy vaziyat qanday?

16:09 / 15.04.2025
Jahon banki Rog‘un GESini qayta tekshirmoqchi. Bunga ekspertlar fikri qanday?

14:35 / 15.04.2025
Sloveniya iqtisodiyoti tarmoqlariga o‘zbekistonlik mutaxassislarni jalb etish boshlanadi

10:53 / 12.04.2025