Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektorda standartlaştiriş va sertifikatlaştiriş tizimidagi eskirgan talablar va byurokratiya tadbirkorlarning «qölini boğlayotgani», sohada korrupsiyani keltirib çiqarayotgani körsatib ötildi.
25 mingdan ortiq standart, 41 ta texnik reglament xalqaro bozor talablariga mos kelmaydi. Hozirda 13 mingga yaqin turdagi tovarning 6,5 mingi majburiy sertifikatlanadi, bu esa tannarxni oşiradi.
«Vazirlar, hokimlar qaçon tadbirkorlarni eşitib, qaysi standartni yangilaş, qaysi birini bekor qiliş, nima mahsulotni majburiy sertifikatsiya röyxatidan çiqarişni öylab kördi? Afsuski, bunga ijobiy javob yöq», - deya qat’iy e’tiroz bildirdi prezident.
Xususan, investorlar mamlakatdagi köp laboratoriyalar talabga javob bermasligi, rivojlangan davlatlar standartlari esa tan olinmayotganini aytmoqda.
Hozirgi tizimda sertifikatlaş organlari bir paytning özida bozor nazoratini ham olib borayotgani, bu esa manfaatlar töqnaşuviga olib kelayotgani qayd etildi.
Prezident sertifikatlaştiriş tizimidagi ayrim muammolarni sanab, ularning yeçimlarini aytdi.
Sut va göşt mahsulotlari işlab çiqaruvçi korxonalar öz mahsulotiga Sanepidqöm xulosasini oliş tizimidan norozi ekani ta’kidlandi.
Masalan, yiliga 100 million dollarlik bolalar ozuqasi import bölmoqda. Lekin zamonaviy uskuna keltirib, zavod qurgan tadbirkor Sanepidqöm xulosasi yöqligi uçun işlab çiqarişni boşlay olmayapti. Xulosa beriş uçun esa standart yöq.
Qömita rahbariyati «bu mahsulotga bizda standart yöq», deb kutib ötirmasdan, özi taşabbus qilib, tadbirkor bilan birga standart işlab çiqmayotgani tanqid qilindi.
Ayrim tuman sanepidxizmatlari haligaça tadbirkordan bitta mahsulotning har xil qadoqlangan partiyasini alohida sinovdan ötkazişni talab qilmoqda. Bu qöşimça vaqt, qöşimça xarajat talab qiladi.
Bir vaqtda tayyorlangan mahsulotning har xil hajmda qadoqlanişi sifatga naqadar aloqador ekani savol uyğotadi.
Şuningdek, mineral suv işlab çiqaruvçilar 45 ta körsatkiç böyiça xulosa olişi kerak. Tadbirkorlar şuning 43 tasi uçun Sanepidqöm tizimidagi laboratoriyalarga, qolgan 2 tasi böyiça boşqa laboratoriyaga bormoqda.
Qömitaga hamma tekşiruvni bitta joyda taşkil qiliş topşirildi.
Meva-sabzavot va dukkakli ekinlar sifatini tekşiriş uçun ham 3 ta taşkilotning laboratoriyasiga boriş kerak. Eng yomoni, bu laboratoriyalarning xulosasi rivojlangan davlatlarda tan olinmaydi.
Şu bois, eksportçilar qimmat bozorga çiqişdan oldin sertifikat oliş uçun xorijga namuna jönatyapti.
Mutasaddilarga şu paytgaça birorta xalqaro tan olingan laboratoriyani olib kelmagani, eskirgan ustma-ust sertifikatlaş amaliyoti haligaça davom etayotgani körsatib ötildi.
Salqin içimlik işlab çiqaruvçi tadbirkorlar çetdan keladigan vitrinali sovutkiçlarni sertifikatsiyalaş jarayoni 3 oygaça çözilayotganini aytmoqda.
Kurerlik xizmati korxonalari moped olib kelib, odamlarni işli qilayotgani, lekin mopedning özi 300 dollar tursa, uni standartdan ötkazib, sertifikat olişga yana şunça mablağ ketayotgani körsatib ötildi.
Xususiy klinikalar «Özbekistonga ilk bor olib kelinayotgan ayrim tibbiy uskunalarni Farmqömitada röyxatdan ötkaziş xarajati ularning narxidan 10 karra qimmat», demoqda. Şuningdek, qömitada oddiy termometrni ham, MRT uskunasini ham röyxatdan ötkazişga 4-5 oy vaqt ketmoqda.
Davlat rahbari bunday tölov va tartibotlar mutasaddilar tomonidan naqadar çuqur öylanganini savol ostiga qöydi.
«Bu yondaşuv töğrimi? Albatta yöq. Murakkabligi va xavflilik darajasiga qarab, tibbiy uskuna, tibbiy buyum va dori-darmon uçun alohida-alohida muddat belgilaş kerak», - dedi prezident.

Prezident sertifikatlaştiriş va standartlaştiriş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlarini belgilab berdi.
Alohida farmon bilan Texnik tartibga soliş agentligi, Sanepidqöm, Veterinariya qömitasi, Karantin agentligi kabi idoralarning mahsulotga xulosa beriş vakolatlari aniq belgilab beriladi.
Bunda takrorlanuvçi va ustma-ust tartiblar bosqiçma-bosqiç bekor qilinadi. Masalan:
- oziq-ovqat mahsuloti sifati va xavfsizligi nazorati bilan faqat Sanepidqöm şuğullanadi;
- oziq-ovqat uçun texnik reglamentlar va standartlar majburiyligi bekor qilinadi;
- qömita asosiy oziq-ovqat mahsulotlari böyiça sanitariya qoidalari va normalarini xalqaro talablarga – Kodeks Alimentariusga muvofiqlaştiradi.
Boşqa tizimlar ham xuddi şu tartibda qayta körib çiqiladi.

Şuningdek, xavf darajasi yuqori bölgan 7 ta tovar guruhidagi mahsulotlarni davlat röyxatidan ötkaziş amaliyoti bekor qilinadi.
Sertifikat oliş majburiy bölgan tovarlar röyxatini keskin qisqartirib, mahsulot muvofiqligini deklaratsiyalaş amaliyoti joriy qilinadi.
Asbob-uskuna, xomaşyo, maxsus texnika, transport importida mamlakatimizda tan olinadigan xorijiy yuqori sifat va nazorat tizimlari mezonlari işlab çiqiladi, ular import qilinayotganda milliy sertifikat oliş talab qilinmaydi.
«Bir söz bilan aytganda, biz mahsulotlarning bozorga kirişini yengillaştirib, uni realizatsiyasidagi nazoratni kuçaytiramiz. Bu xalqaro amaliyotda özini oqlagan», – dedi prezident.
Mutasaddilarga «Bozor nazorati töğrisida»gi qonun loyihasini işlab çiqiş topşirildi.
Umuman, sinov va sertifikatlaştiriş böyiça davlat laboratoriyalari xususiy sektorga investitsiya kiritiş şarti bilan berilsa, sohada sifat va raqobat bölişi, xizmat narxi tuşişi körsatib ötildi.
Prezident biznes uçun teng şaroitlar yaratiş masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
«Mahalliy korxonalarimizga yöl oçib, işlab çiqarişni köpaytiriş, qimmat bozorlarga yangi-yangi mahsulotlar bilan kirişiga şaroit yaratişimiz zarur», – dedi davlat rahbari.
Lekin ayrim tovarlar bozorlarimizga sun’iy pasaygan narxda kirib kelayotgani mahalliy işlab çiqaruvçilarning örnini zaiflaştirayotgani körsatib ötildi.
Masalan, özimizda çiqayotgan tannarxi 220 dollarlik kiçik muzlatkiç bozorda örtaça 250 dollardan sotilayotgani uçun 30 dollar QQS tölanadi.
Xuddi şunday muzlatkiçning import narxi sun’iy pasaytirilib, 25 dollar körsatilgani uçun bor-yöği 3 dollar QQS olinyapti. Ya’ni, işlab çiqaruvçi importga nisbatan 10 karra köp soliq tölayapti.
Yangi farmon bilan endilikda çetdan olib kelinayotgan tovarlarni bojxona qiymatini aniqlaş tartibi töliq xalqaro qoidalarga moslaştiriladi.
Salqin içimliklar, maişiy texnika, farmatsevtika, alkogol va tamaki kabi mahsulotlarni markirovkalaş tizimi joriy qilingan.
Lekin, barça qonun-qoidalarga mos işlayotgan tadbirkorlarning mahsulotlari bilan bir vaqtda markirovkasiz tovarlar ham bemalol sotilayotgan holatlar kuzatilmoqda. Hamma dökonlar ham markirovka bilan işlamagani uçun nazorat zanjiri uzilib qolmoqda.
Soliq va Bojxona qömitalariga markirovkalaşning işlab çiqariş hajmiga salbiy ta’sirini kamaytiriş çoralarini işlab çiqiş, markirovkalaş talabi bajarilişi ustidan nazoratni kuçaytiriş topşirildi.
Qimmat bozorlarda talab yuqori bölgan ayrim tovarlar eksportiga çeklov qöyilgani uçun köplab imkoniyatlar qöldan boy berilayotgani qayd etildi.
Endilikda, 1 iyuldan boşlab birorta tovar eksportiga çeklov bölmasligi e’lon qilindi. Faqat 86 ta tovar guruhiga kirgan xomaşyo va ijtimoiy ahamiyati yuqori mahsulotlarga nisbatan eksport bojlari joriy qilinadi.
Bu tadbirkorlarimiz uçun yangi imkoniyat ekani ta’kidlandi.
«Bir narsani aniq tuşuniş kerak. Agar tadbirkorlar qimmat bozorlarga işlasa, ularda mahsulotni köpaytiriş, sifatni yaxşilaşga intiliş, iştiyoq ortadi, manfaat böladi», – dedi prezident.












