Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT: Isroil hujumlari Falastin iqtisodiyotining misli ko‘rilmagan qisqarishiga olib keldi
G‘azo va Iordan daryosi G‘arbiy sohilida umumiy ishsizlik darajasi 51,1 foizga ko‘tarildi.
Foto: AP
Isroilning blokadadagi G‘azo sektoriga bir yildan ortiq davom etayotgan hujumlari butun bosib olingan Falastin hududi bo‘ylab mehnat bozori va umuman iqtisodiyotning misli ko‘rilmagan pasayishiga olib keldi.
G‘azo va Iordan daryosi G‘arbiy sohilida umumiy ishsizlik darajasi so‘nggi 12 oy ichida 51,1 foizga o‘sdi, deya xabar bermoqda BMT matbuot xizmati Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) va Falastin markaziy statistika byurosi tomonidan tayyorlangan byulletenga tayanib.
Matnga ko‘ra, Iordan daryosi G‘arbiy sohilida ishsizlik darajasi 2023 yil oktyabr oyi boshidan 2024 yil sentabr oyi oxirigacha o‘rtacha 34,9 foizni, G‘azo sektorida esa 79,7 foizni tashkil etdi.
Umuman olganda, iqtisodiy yo‘qotishlar ham sezilarli bo‘ldi, Falastin hududidagi real YaIM o‘tgan yil davomida o‘rtacha 32,2 foizga kamaydi. Xususan, Iordan daryosi G‘arbiy sohilida 21,7 foizga, G‘azo sektorida esa 84,7 foizga pasayish kuzatilgan.
Mavzuga oid
20:09 / 08.05.2026
Isroil hujumi natijasida Hamas bosh muzokarachisining o‘g‘li halok bo‘ldi
12:17 / 05.05.2026
Isroilni qoralagan Yulduz Usmonovaning Nyu Yorkdagi konserti bekor qilindi
17:31 / 03.05.2026
“AQSh-Eron: Tramp imkoniyat oynasini ochiq qoldiryapti” - siyosatshunos
18:02 / 01.05.2026