Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston parlament sayloviga saylov komissiyalarining 120 ming a’zosi jalb etiladi
Rossiyaning TASS axborot agentligi O‘zbekistonda bo‘lajak parlament saylovlariga saylov komissiyalarning 120 mingdan ortiq a’zosi jalb etilishini ma’lum qildi.
Nashrga ko‘ra, bu haqda O‘zbekiston elchisi Botirjon Asadov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga saylovga bag‘ishlangan brifingda aytib o‘tdi.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasida parlament, ekspert, akademik, jamoatchilik doiralari, shuningdek, Rossiya ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan brifing bo‘lib o‘tgan va unda bo‘lajak saylovning ahamiyati haqida so‘z yuritilgan.
Qayd etilganidek, saylovlar O‘zbekiston tarixida ilk marotaba majoritar-proporsional tizim asosida o‘tkaziladi va barcha darajadagi saylov komissiyalari faoliyati, ularning saylov jarayoni ishtirokchilari bilan o‘zaro munosabatlari to‘liq raqamlashtiriladi.
Axborot agentligining yozishicha, Federatsiya Kengashining Fan, ta’lim va madaniyat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Ilyos Umaxanov o‘z chiqishida, ushbu saylovlar O‘zbekistonning yangilangan Konstitutsiyasi qabul qilingandan keyin birinchi marta bo‘lib o‘tayotganiga e’tibor qaratgan.
"Siyosiy partiyalardan deputatlikka nomzod ayollar uchun kvotani 40 foiz va undan yuqori darajaga oshirish bilan bir qatorda, brifingda E-saylov yangi tizimi joriy qilingani ta’kidlandi", – deb yozgan TASS.
Mavzuga oid
10:45 / 13.06.2026
Armanistonda saylov ovozlari qayta sanaldi
09:00 / 08.06.2026
Armanistondagi saylovlarda Pashinyan partiyasi yetakchilik qilmoqda
21:43 / 07.06.2026
Armanistonda parlament saylovlarida ovoz berish yakunlandi
21:35 / 20.04.2026