Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kolumbiyada 2023 yilda rekord miqdorda kokain ishlab chiqarildi
Potensial kokain ishlab chiqarish hajmi 53 foizga oshdi.
Foto: Anadolu Agency
Kolumbiyadagi koka plantatsiyalari maydoni 2023 yilda 10 foizga oshib, 253 ming gektarga yetdi. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi yillik hisobotida aytiladi.
Qayd etilishicha, bu rekord ko‘rsatkich bo‘lgan.
Hisobotga ko‘ra, potensial kokain ishlab chiqarish hajmi 53 foizga oshgan.
BMT ekspertlari kokain ishlab chiqarish potensial miqdorini 2664 tonnaga baholamoqda.
«Bugungi kunda bir gektar kokada ikki yil oldingiga qaraganda ikki baravar ko‘p kokain ishlab chiqarilmoqda», dedi BMT Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi mintaqaviy direktori Kendis Uels Bogotaga tashrifi chog‘ida.
Mavzuga oid
12:09
Ispaniya politsiyasi 10 tonna kokain yuklangan kemani qo‘lga oldi
20:46 / 08.01.2026
Tramp avvalroq «kasal» deb atagan Kolumbiya prezidenti bilan suhbatlashdi
23:13 / 05.01.2026
Men aybsizman va hamon mamlakatim prezidentiman – Maduro Nyu-Yorkda ilk sud majlisida ishtirok etdi
19:32 / 05.01.2026