Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
G‘azo rasmiylari: Isroil 250 mingdan ortiq yordam yuk mashinalari kirishini to‘sib qo‘ydi
Xabarda aytilishicha, oziq-ovqat va bolalar ovqati olib kirilishiga to‘sqinlik qilib, Isroil shu tariqa ocharchilik inqirozidan qurol sifatida foydalanmoqda.
2023 yil 7 oktyabrdan beri Isroil armiyasi G‘azo sektoriga 250 mingdan ortiq gumanitar yordam yuk mashinasining kirib kelishiga to‘sqinlik qildi.
G‘azo hukumati matbuot xizmatiga ko‘ra, Tel-Aviv ma’muriyati G‘azo sektorida, xususan, Falastin eksklavi shimolidagi Jabaliya hududida ocharchilik inqirozini davom ettirmoqda.
«Oziq-ovqat va bolalar ovqati olib kirilishiga to‘sqinlik qilib, Isroil shu tariqa ocharchilik inqirozidan qurol sifatida foydalandi. Bu ham insoniyatga qarshi jinoyatdir», — deyiladi bayonotda.
G‘azo ma’muriyati Isroil armiyasining oxirgi chegara darvozasini 169 kun davomida butunlay yopib qo‘yganiga va Falastin eksklavi barcha qismlari qattiq blokadaga olinganiga e’tibor qaratdi.
Falastin eksklavi hukumati, shuningdek, G‘azo sektoridagi 2,4 million falastinlikka qarshi «ushbu dahshatli jinoyat yuzasidan xalqaro hamjamiyat va dunyo davlatlarining jim turishini tushunolmasligini» ta’kidladi.
Mavzuga oid
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
00:14 / 29.06.2026
Isroil hukumati Usmoniylar imperiyasida armanlar genotsidi bo‘lganini tan oldi
10:45 / 27.06.2026
Isroil va Livan AQSh vositachiligida kelishuv tuzdi
09:17 / 20.06.2026