Chexiya bosh vaziri: Ukraina uchun snaryadlar sotib olish rejaga muvofiq ketyapti
Ukraina uchun yarim milliondan ortiq artilleriya snaryadlarini sotib olish maqsadi joriy yilda amalga oshiriladi, o‘q-dorilarni yetkazib berish esa kelgusi yilda ham davom etadi, dedi Petr Fiala.

Foto: Michal Krumphanzl/CTK/IMAGO
Chexiyaning Ukraina uchun artilleriya snaryadlarini sotib olish tashabbusi rejaga muvofiq amalga oshirilmoqda va joriy yil oxirigacha Kiyevga yarim milliondan ortiq o‘q-dori yetkazib berish maqsadiga erishiladi, dedi 23 oktyabr, chorshanba kuni Chexiya bosh vaziri Petr Fiala. Germaniya Niderlandiya va Daniya bilan birgalikda ushbu loyihaning eng yirik donorlaridan biri hisoblanadi, deya qayd etadi dpa agentligi.
Fiala yetkazib berish kelgusi yilda ham uzluksiz davom etishini kutmoqda, biroq Chexiya bosh vaziri aniq sanalarni aytmadi. Bugungi kunga qadar Yevropa Ittifoqi va NATOning 15 ta davlati uchinchi davlatlardan 800 ming donagacha o‘q-dorilar sotib olish uchun 1,6 milliard yevro ajratishga va’da bergan. Qolgan ishtirokchilar Chexiya tashabbusiga boshqa yo‘llar bilan hissa qo‘shmoqda, jumladan, snaryadlarni tashishda yordam berish orqali. Qurollarning kelib chiqishi haqidagi tafsilotlar qat’iy sir saqlanadi.
Chexiya bosh vazirining ta’kidlashicha, snaryadlarni sotib olish tashabbusi deyarli uch yildan beri o‘zini Rossiya harbiy bosqinidan himoya qilib kelayotgan Ukrainaga zarur bo‘lgan qo‘llab-quvvatlashning faqat bir jihati. Fiala qishning yaqinlashib kelayotgani va Rossiyaning Ukraina energetika infratuzilmasini o‘qqa tutishi natijasida keng ko‘lamli zarar yetkazilishidan xavotir bildirdi. Bundan tashqari, Chexiya hukumati rahbari Shimoliy Koreya qo‘shinlarining Rossiya urushiga qo‘shilishi ehtimolini qoralab, bu qadamni nomaqbul deb atadi. «Bu Shimoliy Koreya yoki Erondagi kabi rejimlar dunyo tinchligi, xalqlarning birgalikda yashashi va qoidalarga asoslangan xalqaro tartib uchun xavf tug‘dirishini ko‘rsatadi», dedi bosh vazir.
Chexiya Ukraina uchun o‘q-dorilarni sotib olishni davom ettiradi
Chexiya, Daniya va Niderlandiya hukumat rahbarlari 2025 yilda Praga tomonidan boshlangan Ukrainani o‘q-dorilar bilan ta’minlash tashabbusini davom ettirishga kelishib oldilar. Bu haqda 17 oktyabr kuni Chexiya bosh vaziri Petr Fiala X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilgan bayonotda aytildi. Hujjatda uning daniyalik hamkasbi Mette Frederiksen va Niderlandiya vazirlar mahkamasi rahbari Dik Sxofning imzolari ham bor.
«Biz boshqa davlatlarni ham shunday qilishga chaqiramiz, bu butun Yevropa xavfsizligi manfaatlariga mos keladi», deb ta’kidladi Fiala.
Germaniya, Kanada va Portugaliya kabi jami 18 mamlakat iyun oyigacha Ukraina uchun 500 ming o‘q-dori, xususan, artilleriya va tanklarga yirik kalibrli snaryadlar sotib olish imkonini beruvchi 1,8 milliard dollar (1,66 milliard yevro) to‘plagan, deb eslatadi AFP.
Shoshilinch yetkazib berish «Ukraina oldidagi uzoq muddatli majburiyatlarimizni tasdiqlash uchun» zarur edi, deya tushuntirdi hukumat rahbarlari. Tashabbus, Yevropa Ittifoqi mart oyi oxirigacha Ukrainaga million snaryad yetkazib berish haqidagi va’dasini bajarmagani sababli o‘q-dorilar taqchilligini qisman to‘ldiradi, deya aniqlik kiritadi agentlik.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston | 00:20
-
Dunyodagi eng yashil shaharlardan biri ekologik maqsadlariga erisha olmagani uchun jarimaga tortildi
Jahon | 23:40 / 31.03.2025
-
Germaniyada bankir tovuqlar ijarasi bilan shug‘ullanish uchun ishdan bo‘shadi
Jahon | 23:24 / 31.03.2025
-
Andijonda masjidda gaz portladi. Asosiy ma’lumotlar
O‘zbekiston | 23:19 / 31.03.2025
Mavzuga oid

15:05 / 31.03.2025
Bayden davrida Ukraina va AQSh o‘rtasida qanday bahslar bo‘lgan? NYT surishtiruvidan asosiy gaplar

08:51 / 31.03.2025
Urushdagi mutlaq rekord: mart Rossiya artilleriyasi uchun «qora oy» bo‘ldi

08:13 / 31.03.2025
Ukraina Qrim ko‘prigiga ATACMS raketalari bilan zarba bergan - NYT

22:38 / 30.03.2025