Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina sobiq prezidenti Yanukovichning o‘g‘li Rossiya fuqaroligini oldi
Aleksandr Yanukovich Rossiyada biznes bilan shug‘ullanmoqda va endi soliq organlarida Rossiya fuqarosi sifatida qayd etilgan.
Ukrainadan qochgan sobiq prezident Viktor Yanukovichning o‘g‘li Rossiya fuqaroligini oldi, deb xabar berdi RIA Novosti.
Hozir Aleksandr Yanukovich Rossiyada biznes bilan shug‘ullanadi. Xususan, uning nomiga moliyaviy va sanoat guruhlarini boshqarish bilan shug‘ullanadigan kompaniya ro‘yxatga olingan. Ilgari u Ukraina fuqarosi sifatida ro‘yxatga olingan bo‘lsa, endi soliq organlari tomonidan kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, u Rossiya fuqarosi sifatida qayd etilgan.
Viktor Yanukovichning sobiq advokati Vitaliy Serdyuk 2016 yilda Ukrainaning sobiq prezidenti, mish-mishlarga qaramasdan, Rossiya fuqaroligiga ega emasligini aytgan edi.
Aleksandr Yanukovich Ukrainada ham biznes bilan ham shug‘ullangan: u Ukraina ko‘mirini eksport qiladigan MAKO-Treyding kompaniyasiga egalik qilgan. 2014 yilda Ukraina xavfsizlik xizmati uni xizmat soxtakorligi va hujjatlarni qalbakilashtirishda ayblab, qidiruvga bergan edi. Yevropa Ittifoqi Aleksandr Yanukovichga nisbatan sanksiya e’lon qilgan.
Mavzuga oid
22:03 / 26.06.2026
Bokschi Usik uchta chempionlik kamaridan voz kechdi
20:44 / 26.06.2026
«Qamalda yashayapmiz». Qrimdagi vaziyat og‘irlashmoqda
11:00 / 26.06.2026
AQSh Ukraina bo‘yicha Alyaskada kelishuv bo‘lganini rad etdi
23:05 / 25.06.2026