Isroil 500 mln dollarlik lazerli havo hujumidan mudofaa tizimlarini buyurtma qildi
Iron Beam nomini olgan tizim turli havo nishonlari, jumladan, reaktiv va minomyot snaryadrlari, uchuvchisiz uchish apparatlari, qanotli raketalarga qarshi kurashga mo‘ljallangan.
Isroil Mudofaa vazirligi Iron Beam havo hujumidan mudofaa lazerli tizimlarni yetkazib berish bo‘yicha 500 million dollarlik shartnomani imzoladi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Eyal Zamir ma’lum qildi.
«Ushbu bitim yangi davrdan — lazerli mudofaa tizimi davridan darak», — deydi Zamir. Uning so‘zlariga ko‘ra, ilk lazerli havo hujumidan mudofaa tizimlari 2025 yil davomida ishga tushiriladi.
Mazkur qurollarni yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga avvalroq Mudofaa vazirligi va Isroil mudofaa kuchlarining qo‘shma organi — Qurol va texnologik infratuzilmani tadqiq qilish, rivojlantirish administratsiyasi hamda Rafael Advanced Defense Systems va Elbit Systems mudofaa kompaniyalari erishgan edi.
Iron Beam turli havo nishonlari, jumladan, reaktiv va minomyot snaryadrlari, uchuvchisiz uchish apparatlari, qanotli raketalarga qarshi kurashga mo‘ljallangan. Qurollarni o‘rnatish Isroilning ko‘p bosqichli mudofaasining bir qismiga va «Temir gumbaz» tizimiga qo‘shimcha kuchga aylanishi kerak.
Rafael Advanced Defense Systems kompaniyasi ijrochi direktori Yoav Turgemanning eslatishicha, mazkur texnologiyalar uchun bir necha yil vaqt ketgan va bu kabi lazerli qurilmalar hozirda o‘rnatishga tayyor — ular o‘z yo‘nalishida dunyodagi birinchi hisoblanadi.
Mavzuga oid
09:17
Isroil Bayrutga zarba berdi. Kamida 20 kishi halok bo‘lgan
10:30 / 23.11.2024
Xalqaro sud qarori: Netanyahu va Gallant hibsga olinsa nima bo‘ladi?
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
14:54 / 22.11.2024