Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Taybey: Tayvanlik ikkinchi ko‘ngilli Ukraina uchun janglarda halok bo‘ldi
Tayvan fuqarosining urushda halok bo‘lganini mamlakat tashqi ishlar vazirligi tasdiqladi. 44 yoshli maxsus bo‘linma askari Luhansk oblastidagi frontda halok bo‘ldi. Ukraina droni jasadni aniqlagan, biroq ular haligacha uni olib chiqib keta olishmagan.
Foto: Chiang Ying-ying/AP/dpa/picture alliance
Rossiya-Ukraina urushidagi janglar vaqtida Ukraina Qurolli kuchlari (UQK) saflarida xizmat qilayotgan tayvanlik ko‘ngilli halok bo‘ldi, deb xabar berdi CNA 3 noyabr, yakshanba kuni Tayvan TIV matbuot kotibi o‘rinbosari Syao Kuangveyga tayanib. Vazirlik vakilining agentlikka aniqlik kiritishicha, Tayvan fuqarosining o‘limi Ukraina xalqaro legioni vakolatxonasi orqali tasdiqlangan.
Taybeya ommaviy axborot vositalari qurbonning Kaosyun shahrida tug‘ilgan va Tayvan armiyasi maxsus kuchlari qo‘mondonligi faxriysi 44 yoshli Vu Chunt ekanligini aniqladi. CNA agentligining Xitoy tilidagi China Times gazetasiga tayanib yozishicha, Vu Chunt 2023 yilda Ukraina hududiy mudofaa kuchlari xalqaro legioniga qo‘shilgan va olti oy o‘tgach, u Ukraina Qurolli kuchlari safidan joy olgan hamda Rossiya Qurolli kuchlariga qarshi frontda jang qilgan. China Times nashrining aniqlik kiritishicha, u bir kun avval Rossiyaning Luhansk oblastidagi bombardimonlar natijasida vafot etgan.
Tayvan tashqi ishlar va milliy mudofaa qo‘mitasi a’zolaridan birining so‘zlariga ko‘ra, Ukraina uchuvchisiz uchog‘i halok bo‘lgan tayvanlikning jasadini aniqlagan, biroq ukrainalik askarlar jang davom etar ekan, uni haligacha olib chiqa olishmagan. «Biz uning jasad parchalari vataniga qaytarilishiga harakat qilamiz», dedi qo‘mita vakili.
Mavzuga oid
22:02 / 01.01.2026
Putin qarorgohiga hujum: Rossiya Mudofaa vazirligi dalillarni qo‘lga kiritganini da’vo qildi
17:43 / 01.01.2026
MRB Trampga: Ukraina Putinning qarorgohiga hujum qilishga urinmagan – OAV
16:38 / 01.01.2026
Ukraina Zelenskiyning AQShga safari paytida Valdayga hujum qilishdan manfaatdor emasdi – tahlilchilar
03:54 / 01.01.2026