Berbok: GFR Ukrainaga qishki yordam uchun yana 200 mln yevro o‘tkazadi
Urush boshlanganidan beri Kiyevga sakkizinchi tashrifi chog‘ida Germaniya tashqi ishlar vaziri Ukrainani so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu haqda AQSh prezidentlik saylovlari arafasida aytish uning uchun muhim bo‘lgan.

Foto: TASS
Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok Ukrainaga to‘liq miqyosli urush boshlanganidan beri sakkizinchi tashrifi chog‘ida bu mamlakatga kelgusi qish davri uchun qo‘shimcha 200 million yevro yordam va’da qildi. Bu mablag‘lar, xususan, front chizig‘ida yashovchi ukrainaliklarni yonilg‘i bilan ta’minlashga sarflanadi, dedi u 4 noyabr, dushanba kuni Kiyevda ukrainalik hamkasbi Andrey Sibiga bilan qo‘shma matbuot anjumanida.
Uchinchi harbiy qish arafasida turgan ukrainaliklar o‘zlarini noldan past haroratlardan himoya qilish uchun zarur bo‘lgan narsalar bilan ta’minlanishi kerak, dedi Berbok. Qo‘shimcha insonparvarlik yordami Ukraina energetika sohasini qo‘llab-quvvatlashga emas, balki aholiga qishki favqulodda yordam choralariga qaratilgan bo‘ladi.
Berbokning so‘zlariga ko‘ra, urushni boshlagan Rossiya hozir Shimoliy Koreya tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda, shuningdek, Ukraina sharqida ayniqsa keskin harakatlarni amalga oshirmoqda. U ataylab hayotiy muhim infratuzilmani yo‘q qilishga, elektr stansiyalarini bombalashga va elektr uzatish liniyalarini yo‘q qilishga urinmoqda, dedi u. Hozirda Ukraina energetika infratuzilmasining deyarli uchdan ikki qismi vayron qilingan, deya eslatdi nemis vaziri.
GFR va AQSh Kiyevni NATOga zudlik bilan taklif qilishga tayyor emas
Germaniya va AQSh hali Ukrainani NATOga «darhol taklif qilishga» tayyor emas. Bu haqda 23 oktyabr kuni AQSh va Shimoliy Atlantika alyansining to‘rt nafar rasmiy va diplomatlariga tayanib, Politico nashri ma’lum qildi.
Politico Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning «g‘alaba rejasi»da «zudlik bilan taklif» haqida gap ketganini eslatib o‘tdi, shu bilan birga u alyansga haqiqiy kirish Rossiya Federatsiyasi bilan urush tugaganidan keyingina mumkin bo‘lishini tan oldi.
«Hozircha alyans Ukrainaga a’zo bo‘lish yoki uni taklif qilishga tayyor bo‘ladigan darajaga yetgani yo‘q», dedi AQShning NATOdagi doimiy vakili Julianna Smit.
Tavsiya etamiz
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?
Sport | 12:20
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Markaziy Osiyo bilan strategik hamkorligimiz mintaqada geosiyosiy g‘alabani ko‘zlamaydi” – Yevropa Ittifoqi elchisi bilan eksklyuziv suhbat
O‘zbekiston | 22:01
-
Namanganda “biznes”ga aylanayotgan “yezda” va halok bo‘layotgan bolalar: mas’ullar nazoratni yo‘qotdimi?
Jamiyat | 21:44
-
Chexiya Rossiya neftiga qaramlikdan qutulganini e’lon qildi
Jahon | 21:41
-
SpaceX AQShning «Oltin gumbaz»i uchun sun’iy yo‘ldoshlarni uchirish bo‘yicha shartnomani qo‘lga kiritishi mumkin
Jahon | 21:39
Mavzuga oid

14:25
Daniya askarlarini Ukrainaga o‘qitish uchun jo‘natmoqchi

10:19
Zelenskiy: frontdagi qurollarning 40 foizidan ortig‘i Ukrainada ishlab chiqarilgan

09:55
Urush tufayli Rossiya qurol eksportini kamaytirdi. Uning jahon bozoridagi o‘rnini Hindiston egallamoqda

16:44 / 16.04.2025