Angliya va Uelsdagi barça davlat xizmatçilari — 400 mingdan ortiq odam iş jarayonida sun’iy intellekt texnologiyasidan foydalanişga öqitiladi. Bu haqda The Guardian öz manbalariga tayanib xabar berdi.

Ma’lumotlarga köra, davlat xizmatçilari bunday öquv jarayonlari haqida 9 iyun kuni xabarnomalarni oladi. Bu har yili davlat xizmatçilarini turli zamonaviy texnologiyalarga öqitişga qaratilgan One Big Thing loyihasi doirasida amalga oşiriladi.

Ta’kidlanişiça, öquv jarayonlari davlat xizmatçilari samaradorligini oşirişga va turli hukumat muassasalarida ön minglab iş örinlari qisqartirilayotgan şaroitda ularning işini tezlaştirişga xizmat qiladi. Britaniya hukumati oldinroq davlat xizmatçilari öz işlarini tezroq va samaraliroq bajarişlari uçun sun’iy intellektdan faolroq foydalanişlari kerakligini ma’lum qilgandi. 

Bundan oldin davlat xizmatçilari uçun möljallangan sun’iy intellekt vositalari töplamining pilot versiyasi — Humphrey taqdim etilgan edi. TechXplore naşrining ma’lumotlariga köra, Buyuk Britaniya hukumati, şuningdek, Google, Microsoft va Amazon kabi texnologik korporatsiyalar bilan hamkorlik qilib, davlat xizmatçilarini iş jarayonida sun’iy intellektdan foydalanişga örgatmoqçi.