Dunyo böylab kamida bitta davlat iştirok etgan uruşlar va mojarolar soni 2024 yilda yangi çöqqisiga çiqdi. 36 ta davlatda 61 ta mojaro sodir böldi, bu Ikkinçi jahon uruşi tugaganidan beri har qanday yildagidan köp. Bu haqda Oslodagi Tinçlik tadqiqotlari instituti (PRIO) olimlarining 11 iyun, çorşanba kuni çop etilgan tadqiqotida aytiladi.

Tadqiqotda qayd etilişiça, sönggi yillarda mojarolar soni ösişda davom etmoqda. 2022 yilda 56, 2023 yilda esa 59. Ötgan yili 61 davlatlararo mojarodan 11 tasi keng kölamli uruşlar bölgan. 2024 yilda «ikki uruş hukmronlik qildi», deb yozadi mualliflar: Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi, ularning ma’lumotlariga köra, 76 mingga yaqin, Ğazodagi uruş esa 26 ming kişining hayotiga zomin bölgan.

PRIO özining «Mojarolar tendensiyalari: global şarh» hisobotida mojarolar tufayli qurbonlar soni 2023 va 2024 yillarda taxminan bir xil — 129 ming kişiga yaqin bölganini yozadi. Biroq, zöravonlik darajasi sönggi uç ön yillikdagi örtaça körsatkiçdan sezilarli darajada yuqori edi. Umuman olganda, 2024 yil 1989 yilda sovuq uruş tugaganidan beri qurolli mojarolar qurbonlari soni böyiça törtinçi yil böldi, deb yozadi PRIO.

Hisobot mualliflari, şuningdek, hukumat urişayotgan tomonlardan biri bölgan alohida davlatlar içida mojarolarning kuçayişini xavotirli deb ataydi. Tadqiqotga köra, Afrika uruşlardan eng köp azob çekişda davom etmoqda, 28 ta davlat töqnaşuvi qayd etilgan, bu ön yil avval qayd etilgan raqamdan deyarli ikki baravar köp. Undan keyin 17 ta mojaro Osiyoda, 10 ta Yaqin Şarqda, 3 ta Yevropada va 2 ta Amerikada kuzatilgan.