Polshada AQSh va Kanada reyslarida terakt uyushtirishni reja qilgan «GRU» agentlari qo‘lga olindi
Mamlakat prokuraturasi qo‘poruvchilikka tayyorgarlik ko‘rishga aloqador yana ikki gumonlanuvchini hibsga olish bo‘yicha xalqaro order berilganini ma’lum qildi.
Polsha huquq-tartibot organlari AQSh va Kanadaga yo‘l olgan yo‘lovchi hamda yuk samolyotlari bortidagi posilkalarni yoqishni reja qilishda gumonlangan to‘rt kishini qo‘lga oldi, deb xabar beradi Financial Times. Qo‘lga olingan fuqarolarning shaxsi ochiqlanmagan.
Polsha prokuraturasi qo‘poruvchilikka tayyorgarlik ko‘rishga aloqador yana ikki gumonlanuvchini hibsga olish bo‘yicha xalqaro order berilganini ma’lum qildi. «Mazkur ish bo‘yicha tergov davom etmoqda», — deyiladi idora xabarida.
Iyul oyida Germaniya va Buyuk Britaniya kompaniyalarining omborlarida elektr massajyorli posilkalar yonib ketgandi — ularning ichida magniy asosidagi tez alangalanuvchi modda bo‘lgan. Shu kabi holatlarning biri Leypsig aeroportidagi DHL logistika markazida bevosita parvozdan oldin yuz bergan, yana bir holatda esa Birmingemda Litva orqali yetkazilgan posilka yonib ketgan. Keyinroq The Guardian Britaniya Terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha milliy boshqarmasi yuqoridagi voqealarga Rossiya maxsus xizmatlarining aloqadorligi bo‘yicha tekshiruvlarni boshlaganini ma’lum qildi.
«Hujumlar ortida Rossiya harbiy razvedkasi turibdi», — deydi Litva prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Kyastutis Budris. Polsha Milliy prokuraturasi ham Rossiya maxsus xizmatlarining qo‘poruvchilik harakatlariga aloqadorligini ma’lum qildi. Idoraning qayd etishicha, Leypsig va Birmingemdagi holatlar AQSh hamda Kanadaga uchadigan samolyotlar bortida yong‘in uyushtirish urinish bo‘lgan.
Litva politsiyasi yonuvchan to‘rtta qurilmani yuborishga uringan gumonlanuvchini qo‘lga olgan, ularning ikktasi DHL orqali Vilnyusga jo‘natilishi kerak bo‘lgan. Qo‘lga olingan shaxs o‘zini Igor Prudnikov deb tanishtirgan, ammo keyinroq tergov davomida uning haqiqiy ismi Aleksandr Suranovas ekani va u RF maxsus xizmatlari manfaati yo‘lida harakat qilgani aniqlangan.
Rossiya tomoni barcha ayblovlarni rad etmoqda. RF prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov g‘arb maxsus xizmatlarining ushbu xabarlarini «asossiz bo‘hton» deb atagan.
Tavsiya etamiz
Erondagi «iliq» epkinlar: g‘arb servislariga ruxsat, bekor qilingan repressiv qonunlar va muxolifatga izn
Jahon | 17:05 / 09.01.2025
Donald Tramp: «Urush boshlanishi – Baydenning aybi»
Jahon | 10:39 / 09.01.2025
Rasul Kusherbayev Wizz Air ustidan arz qildi. Aviakompaniya uni qora ro‘yxatga kiritgan
O‘zbekiston | 17:27 / 08.01.2025
Shaxsni tasdiqlovchi va boshqa hujjatlarning elektron nusxasi ham rasman tan olinadi
O‘zbekiston | 16:02 / 08.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Futbolning noodatiy tomonlari: KUN.UZ yangi formatdagi kanalini taqdim etadi
Sport | 10:07 / 08.01.2025
-
Ukraina Rossiyaning Harbiy-dengiz floti kemalari Qora dengizni tark etganini ma’lum qildi
Jahon | 02:02
-
Belgiya bosh vaziriga zaharli modda solingan maktub jo‘natildi
Jahon | 00:24
-
SpaceX ilk bor Starship’ni bortiga sun’iy yo‘ldoshlar ortilgan holda kosmosga uchiradi
Jahon | 23:29 / 09.01.2025
Mavzuga oid
17:24 / 09.01.2025
Polsha prezidenti Netanyahu Osvensimdagi tadbirga tashrif buyursa, uni hibsga olmaslikni so‘radi
08:32 / 09.01.2025
Rossiya GRU Afg‘onistonda AQSh askarlarini o‘ldirish uchun toliblarga pul to‘lagan - OAV
21:42 / 08.01.2025
Polshada 18 may kuni prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tadi
14:13 / 04.01.2025