Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kreml inauguratsiyadan oldin Putin va Tramp o‘rtasidagi muloqotni istisno etmadi
Shu bilan birga, Rossiya prezidenti AQSh prezidenti Jo Bayden bilan telefon orqali muloqot qilishni rejalashtirmayapti, - Kreml matbuot kotibi.
Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp bilan inauguratsiyadan oldin gaplashishini istisno qilmadi. Bu haqda Peskov jurnalistlarga tegishli savolga javob berar ekan aytib o‘tdi.
«Bu istisno etilmayapti. U inauguratsiyadan oldin Putinga qo‘ng‘iroq qilishini aytdi. Bu uning so‘zlari, hozircha boshqa aytadigan gapimiz yo‘q», dedi u.
Shu bilan birga, Peskov Rossiya prezidenti Amerikaning amaldagi prezidenti Jo Bayden bilan telefon orqali muloqot qilishni rejalashtirmaganini ta’kidladi.
«Biz Bayden ma’muriyati bilan ishlamayapmiz. Texnik aloqa uchun ba’zi kamtarona kanallar mavjud, ammo ular mazmunli xususiyatga ega emas», — dedi Kreml vakili.
Peskov, shuningdek, Rossiyaning AQSh yangi prezidenti Trampning inauguratsiya marosimida ishtirok etishi haqida gapirmadi.
«Biz hozircha kim taklif qilinishini bilmaymiz. Bu bizga beriladigan savol emas», dedi u.
Kreml, shuningdek, The Wall Street Journal nashrining AQShning saylangan prezidenti Tramp jamoasida Ukraina bo‘yicha kelishuv rejasi borligi haqidagi iddaolariga izoh berdi.
«U yerda hamma narsa tushunarsiz. Bu The Wall Street Journal'ning Ukraina bo‘yicha rejasiga o‘xshaydi. Ma’lumotlar borgan sari mavhum bo‘lib bormoqda», — dedi Peskov.
Mavzuga oid
17:14
Putinning reytingi yana pasaymoqda
19:37 / 01.07.2026
Tramp Oq uyga qaytgach kamida $2 mlrd daromad ko‘rdi. Asosiy boylik – kriptovalutalardan
21:14 / 30.06.2026
AQSh Oliy sudi tug‘ilganda fuqarolik olish huquqini tasdiqladi
19:04 / 30.06.2026