RF Zaporijjya va Mikolayivga zarba berdi: kamida besh kishi halok bo‘ldi
Zaporijjyada RF zarbasidan keyin portlash yuz berdi, ikki qavatli uy, yotoqxona va avtosalonga zarar yetdi, vayronalar tozalanmoqda, kamida bir kishi halok bo‘ldi. Mikolayiv oblasti rasmiylari to‘rt qurbon haqida gapirmoqda.

Foto: Telegram / ivan_fedorov_zp
11 noyabr, dushanbaga o‘tar kechasi Rossiya kuchlari Ukrainaning qator hududlariga havo zarbalari berdi. Zaporijjya va Mikolayiv rasmiylari va favqulodda xizmatlari ertalab zarbalar haqida xabar berdi.
Ukraina Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati (FVDX) ma’lumotlariga ko‘ra, Zaporijjya oblasti markaziga kamida uchta aviazarba berilgan. Shu bilan birga, UQK Havo kuchlari Rossiya Federatsiyasi tomonidan Zaporijjyaga boshqariladigan havo bombalari uchirilganini e’lon qildi.
Hujumlar natijasida portlash to‘lqini ikki qavatli turar joy binosini qisman vayron qilgan, yotoqxona va avtosalon binosiga zarar yetkazgan, deb xabar qildi FVDX. «Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hujum oqibatida erkak kishi halok bo‘ldi. 9 kishi jarohatlari tufayli shifokorlarga tibbiy yordam so‘rab murojaat qildi. Jabrlanganlar orasida 15 yoshli qiz hamda 4 va 17 yoshli ikki nafar o‘g‘il bola ham bor. Jabrlanganlar soni aniqlashtirilmoqda», — deyiladi idora xabarida.
Mikolayiv meri: Hujumda dronlardan ham foydalanildi
Mikolayiv oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Vitaliy Kim ham Rossiya tungi hujumlari qurbonlari haqida ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, gap kamida to‘rt kishining o‘limi haqida ketmoqda. Amaldor tafsilotlarni keltirmadi, ammo Mikolayiv meri Aleksandr Senkevichning so‘zlariga ko‘ra, hujumda Rossiya Federatsiyasi Ukrainaga qarshi urush paytida keng miqyosda foydalanayotgan UUA ham qo‘llangan.
Ukraina nashrlari UQK Havo kuchlariga tayanib, 11 noyabr erta tongda Rossiya Federatsiyasi Ukrainaga hujumlarini davom ettirganini ta’kidladi. Monitoring kanallari ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning sakkizta Tu-95MS strategik bombardimonchi samolyotlari uchirish pozitsiyalariga yo‘l olgan. Kuzatuvchilar raketalar uchirilishiga yolg‘ondan tayyorgarlik ko‘rilganini ham istisno etmayapti.
Mavzuga oid

09:10 / 14.06.2025
Rossiya armiyasi Zaporijjyaga dronlar bilan zarba berdi

10:57 / 07.05.2025
Rossiya qo‘shinlari Sumi va Zaporijjyaga hujum qildi

11:10 / 02.05.2025
Viloyat ma’muriyati rahbari: Rossiya Zaporijjyaga 10 marta zarba berdi

10:15 / 23.01.2025