Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi
Prezident Ar-Riyod shahrida navbatdan tashqari Arab-islom sammitida ishtirok etadi va nutq so‘zlaydi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ikki muqaddas masjid xodimi - Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan 11 noyabr kuni amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, davlat rahbari Ar-Riyod shahrida navbatdan tashqari Arab-islom sammitida ishtirok etadi va nutq so‘zlaydi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-13 noyabr kunlari xalqaro sammitlarda ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Saudiya Arabistoni va Ozarboyjon Respublikasida bo‘ladi.
12-13 noyabr kunlari O‘zbekiston yetakchisi Ozarboyjon Respublikasi prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga ko‘ra BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hadli konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining 29-sessiyasi (COP29) tadbirlarida qatnashadi.
Mavzuga oid
10:18 / 29.06.2026
Saudiyada vertolyot quladi: 14 kishi halok bo‘ldi
19:38 / 22.06.2026
Yamal gol urdi va sajda qildi, Portugaliyada «Dallas seriali boshlandi»
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026