SSV huzurida «Xaridlar markazi» va uning 13 ta hududiy filiali tashkil etiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 14 noyabr kuni kasalliklarni erta aniqlash va samarali davolashga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Taqdimotda sohadagi tahlil va talabdan kelib chiqib, muhim yo‘nalishlar bo‘yicha tayyorlangan takliflar haqida so‘z bordi. Jumladan, onkologik kasalliklar skrininglarni kengaytirish va ularning reyestrini yuritish rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, gematologiya, kardiologiya, endkrinologiya kasalliklarini erta aniqlash va ularni davolash bo‘yicha uch yillik dasturlar bu yil yakuniga yetadi. Mutasaddilarga erishilgan natijalarni hisob-kitob qilib, ularning muddatini uzaytirish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
Tibbiyot muassasalariga markazlashgan holda dorilar xarid qilishda ham kamchiliklar bor. Ba’zi shifoxonalarda talabga nisbatan kam olingan bo‘lsa, ba’zilarida dorilar ortib qolgan. Shu bois dori vositalari va tibbiy buyumlarni o‘n besh oylik talab asosida xarid qilish tizimi taklif etilmoqda. Bunda kelgusi yillar uchun ehtiyojlar 1 avgustdan kechikmasdan, Davlat budjeti parametrlari bilan bir vaqtda shakllantiriladi.
Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida «Xaridlar markazi» va uning 13 ta hududiy filiali tashkil qilinadi. Markazga 2025 yil 1 yanvardan boshlab, original dori vositalari va yopiq turdagi laborator uskunalar uchun sarflov vositalarini bevosita ishlab chiqaruvchidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid qilishga ruxsat beriladi.
Yana bir taklifga ko‘ra, donorlarni qo‘llab-quvvatlash kengaytiriladi. Jumladan, «O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori» ko‘krak nishoni olganlarga bir yo‘la beriladigan pul mukofoti bazaviy hisoblash miqdorini 5 baravaridan 15 baravarigacha oshiriladi. Ularga jamoat transportidan bepul foydalanish huquqi beriladi, davlat sihatgohlarida davolanish navbatsiz bo‘ladi. Ushbu yangi tizim kelgusi yil 1 yanvardan joriy qilinishi belgilandi.
Mamlakatimizda sanitariya va fitosanitariya choralari bo‘yicha Jahon savdo tashkilotini xabardor qilish tartibini yo‘lga qo‘yish masalasi ham ko‘rib chiqildi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron tashqi ishlar vaziri Arag‘chi Moskvaga tashrif buyuradi
Jahon | 12:30
-
Farg‘onada Ulsan-O‘zbekiston kemasozlik bo‘yicha o‘qitish markazi ochiladi
Iqtisodiyot | 12:20
-
Yevroittifoq falastinliklarga yordam uchun 1,6 mlrd yevro ajratdi
Jahon | 12:10
-
Ichimlik suvi va kanalizatsiya: raqamlar yaxshilanyapti, lekin ular qanchalik haqqoniy?
O‘zbekiston | 12:07
Mavzuga oid

16:11 / 27.03.2025
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi sifati bo‘yicha dunyoda 64-o‘rinni egalladi

20:52 / 15.03.2025
Germaniyada tibbiyot xodimi smenani «tinch o‘tkazish» uchun 9 kishini o‘ldirganlikda ayblandi

22:11 / 11.03.2025
Diyego Maradonani davolagan shifokorlar sudlanadi

19:11 / 07.03.2025