Jahon | 08:00
2863
2 daqiqa o‘qiladi

Reuters: Zelenskiy Sholsni Putin bilan gaplashmaslik haqida ogohlantirgan

Zelenskiy kansler Shols va Putin o‘rtasidagi bo‘lajak telefon muloqoti haqida oldindan xabardor qilingan va Germaniya vazirlar mahkamasi rahbarini suhbatlashmaslik haqida ogohlantirgan, deb xabar bermoqda Reuters.

Foto: AP

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Germaniya kansleri Olaf Shols va Rossiya davlat rahbari Vladimir Putin o‘rtasida bo‘lajak telefon suhbati haqida oldindan xabardor qilingan va Germaniya vazirlar mahkamasi rahbarini suhbatlashmaslik haqida ogohlantirgan. Bu haqda 15 noyabr, juma kuni Zelenskiy ofisidagi manbaga tayanib Reuters xabar berdi.

Ukraina rahbarining ishonchi komilki, suhbat «Pandora qutisi»ni ochdi va Rossiya rahbarini izolyatsiya qilish, Ukrainadagi urushni «adolatli tinchlik» bilan tugatishga qaratilgan sa’y-harakatlarga putur yetkazadi. Zelenskiy bu pozitsiyasini videomurojaatida bildirdi.

Gap Sholsning 2022 yil dekabridan beri Putin bilan birinchi suhbati haqida ketmoqda.

Zelenskiy: «Olafning qo‘ng‘irog‘i, menimcha, bu - Pandora qutisi»

«Olafning qo‘ng‘irog‘i, mening fikrimcha, bu - Pandora qutisi. Endi boshqa suhbatlar, boshqa qo‘ng‘iroqlar bo‘lishi mumkin», dedi Zelenskiy videomurojaatida.

«Va bu Putin uzoq vaqtdan buyon xohlagan narsa: u uchun o‘zining yakkalanishini, Rossiyaning yakkalanishini zaiflashtirish va hech narsa bilan tugamaydigan oddiy muzokaralar olib borish juda muhim», dedi Ukraina rahbari. «Uning o‘nlab yillar davomida qilgan ishi Rossiyaga o‘z siyosatida hech narsani o‘zgartirmaslik, mohiyatan hech narsa qilmaslik imkoniyatini berdi va bu urushga olib keldi», — deydi u.

«Biz bu qiyinchiliklarning barchasini endi tushunyapmiz va ogohlantirmoqchimiz: «Minsk-3» bo‘lmaydi — bizga haqiqiy tinchlik kerak», — deya xulosa qildi Ukraina prezidenti.

Mavzuga oid