Suv xo‘jaligida raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali 530 mln kub metr suv iqtisod qilindi
Qozog‘istonning "Infozakon" elektron nashrida "Raqamlashtirish O‘zbekistonda suv tanqisligi muammolarini oqilona hal qilish imkonini beradi" sarlavhali maqola e’lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".

Foto: Dunyo
"Iqlim o‘zgarishi, muzliklarning erishi bilan bog‘liq oxirgi 20-30 yilda kuzatilayotgan tendensiya davom etadigan bo‘lsa, mintaqaning asosiy suv ta’minoti hisoblangan ikki yirik daryo – Amudaryo va Sirdaryo oqimi yaqin yillarda hozirgidan 10-15 foizga qisqarishi mumkin", – deyilgan maqolada.
Shu bois O‘zbekistonda suv resurslaridan oqilona foydalanish, sohani boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, suv xo‘jaligi obektlarini modernizatsiya qilish va rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 – 2030 yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasi va "O‘zbekiston – 2030" strategiyasida bu borada vazifalar belgilab berilgan, deb ta’kidlangan nashrda.
Qayd etilishicha, ana shu vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida so‘nggi yillarda respublikadagi suv xo‘jaligi obektlarida 11 446 ta "Aqlli suv" qurilmasi o‘rnatildi. Bu qurilma orqali suvning hisobi onlayn rejimda monitoring qilinib, aniq hisob yuritish, foydalanish va operativ boshqarish imkoniyati kengayib bormoqda.
Manbada, shuningdek, Avstraliyaning Rubicon Water kompaniyasi texnologiyalari asosida Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanidagi "Mirishkor-Qamashi" kanallarida 26 ta zamonaviy suv zatvorlari o‘rnatilgani, gidrotexnik inshootlarning boshqaruv jarayonlari to‘liq avtomatlashtirilgani ma’lum qilingan.
"Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, suv xo‘jaligi obektlarida raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali suv nazorati va hisob-kitobi onlayn yuritilib, suvni tezkor boshqarish orqali 2021 yilda 350 million kub metr, 2022 yilda 410 million kub metr va 2023 yilda 530 million kub metr miqdorida suv resurslari iqtisod qilindi", – deb xabar qilgan "Infozakon" elektron nashri.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yevropaning oltita davlati «Rossiyaga bosim o‘tkazishni» davom ettirishga tayyorligini ma’lum qildi
Jahon | 01:11
-
Britaniyaliklar to‘liq ofisga qaytishdan ko‘ra ishdan bo‘shashni afzal ko‘rmoqda - tadqiqot
Jamiyat | 00:46
-
Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston | 00:20
-
Dunyodagi eng yashil shaharlardan biri ekologik maqsadlariga erisha olmagani uchun jarimaga tortildi
Jahon | 23:40 / 31.03.2025
Mavzuga oid

10:29 / 29.03.2025
Nigeriyalik usta kartondan Lamborghini yasadi

15:24 / 28.03.2025
Xitoyda dunyodagi ilk birinchi yordam ko‘rsatuvchi robot taqdim etildi

11:19 / 24.03.2025
Olimlar klaviaturadagi yozuviga qarab odamlarning shaxsini aniqlashni o‘rgandi

15:23 / 19.03.2025