Jahon | 09:59
7585
2 daqiqa o‘qiladi

Ukraina xandaqlarida taqiqlangan CS gazi izlari topildi

KQTT Ukrainadagi urushda jangovar maqsadlarda qo‘llash taqiqlangan CS gazidan foydalanishning birinchi tasdiqlangan holatini e’lon qildi. Ikki mustaqil laboratoriya uning izlarini Ukraina xandaqlaridan uchta namunada topdi.

Foto: RIA Novosti/Mixail Voskresenskiy

Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkiloti (KQTT) ekspertlari Dnipropetrovsk oblastida jangovar zonadagi xandaqlardan olingan namunalarda ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz izlarini aniqladi. Bu haqda 18 noyabr, dushanba kuni xalqaro tashkilot ma’lum qildi.

KQTT hisobotida aytilishicha, CS (xlorobenzalmalondinitril yoki "Nastarin" gazi) deb nomlanuvchi va urushda foydalanish taqiqlangan gaz izlari Ilinka qishlog‘i yaqinida topilgan va Ukraina tomonidan taqdim etilgan barcha uchta namunada topilgan. Ikki mustaqil laboratoriya tomonidan o‘tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra, uning izlari xandaqdan topilgan granatada ham, tuproqda ham bo‘lgan.

Ukraina Rossiya qo‘shinlarining ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llashi bilan bog‘liq voqea 2024 yil 20 sentabrda sodir bo‘lganini iddao qilib, KQTTdan yordam so‘radi. Tashkilot bayonotida ta’kidlanishicha, voqea joyiga yuborilgan ekspertlar guruhining vazifasi «zaharli kimyoviy moddaning manbasini yoki kelib chiqishini aniqlash» bo‘lmagan.

Jurnalistlar Ukrainada 78 ming rossiyalik askar halok bo‘lganini tasdiqladi

Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi boshlanganidan buyon janglarda kamida 78 329 nafar rossiyalik harbiy halok bo‘ldi. Bu raqam 15 noyabr kuni VVS rus xizmati tomonidan e’lon qilindi, u «Mediazona» va ko‘ngillilar jamoasi bilan birgalikda ochiq ma’lumotlar asosida halok bo‘lgan rossiyaliklarni sanab chiqmoqda. 

Ushbu ro‘yxatga faqat o‘limlari haqida ochiq xabar berilgan Rossiya harbiy xizmatchilari kiradi. «Ayni paytda bizning Rossiya qabristonlari, urush yodgorliklari va nekrologlarni tahlil qilishimiz haqiqiy o‘lim sonining 45 foizdan 65 foizgacha bo‘lgan qismini qamrab olishi mumkin», deb yozadi nashr mualliflari.

Mavzuga oid