Iqlim o‘zgarishi to‘fonlar tezligini oshirmoqda - tadqiqot
To‘fonlar tezligi 2019 yildan 2023 yilga qadar o‘rtacha 29 km/soatga oshgan. Buning asosiy sababi - Atlantika okeanidagi haroratning 2-3 darajaga ko‘tarilganida.

Foto: Getty Images
Iqlim o‘zgarishi to‘fonlar intensivligiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatib, ularning vayronkor kuchini oshirmoqda. Bu haqda Environmental Research:Climate’da e’lon qilingan tadqiqotda so‘z boradi.
Maqolada qayd etilishicha, Atlantika to‘fonlari tezligi 2019 yildan 2023 yilga qadar o‘rtacha soatiga 29 kilometrga oshgan. Buning asosiy sababi — Atlantika okeanidagi haroratning 2-3 darajaga, ba’zi hududlarda esa 4 daraja Tselsiygacha ko‘tarilganida.
Tadqiqotning yetakchi muallifi Deniyel Giffordning so‘zlariga ko‘ra, yuqori toifadagi to‘fonlar katta zarar keltirishi bilan xavotirli. Masalan, beshinchi toifadagi to‘fon birinchi toifaga kiruvchi to‘fondan 400 barobar ko‘proq vayronkor bo‘lishi mumkin.
Joriy yilda kuzatilgan eng kuchli to‘fonlar — bu «Beril», «Xelen» va «Milton» bo‘lib, iqlim o‘zgarishi sabab ularning tezligi soatiga 26-39 kilomertga oshgan.
Olimlarning taxminicha, iqlim o‘zgarishiga qarshi faol kurashilmasa, bu kabi tabiiy ofatlarning insoniyat uchun yangi tahdidlari oshib boradi.
Avvalroq Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi Antoniu Guterrish global isish Tinch okeanidagi orol davlatlarga xavf solayotganini ma’lum qilgandi. Shuningdek, BMT rahbari dunyo aholisini issiqlikdan himoya qilish uchun shoshilinch choralar ko‘rishga chaqirgan edi. Tashkilot so‘nggi o‘n yil kuzatuvlar tarixidagi eng issiq davr bo‘lganini ma’lum qilgan.
Tavsiya etamiz
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
Jamiyat | 17:46 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hindiston va O‘zbekiston harbiylari ishtirokida o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi
O‘zbekiston | 08:32
-
Rossiyadagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi
Jahon | 08:20
-
Remontada bo‘lmadi. «Arsenal» «Real»ni tojdan mahrum etdi
Sport | 03:04
-
London va Parij migrantlar almashinuvi bo‘yicha kelishuvni muhokama qilmoqda
Jahon | 01:01
Mavzuga oid

20:22 / 04.04.2025
Janubiy okeanning isishi G‘arbiy sohilda nam ob-havoni yuzaga keltiradi - olimlar

05:54 / 24.03.2025
Muzliklar erishi oqibatida 2 mlrd odam jabr ko‘radi

23:15 / 12.03.2025
Braziliyada iqlim bo‘yicha o‘tkaziladigan sammitga tayyorgarlik ko‘rish uchun daraxtlar kesib tashlandi

15:43 / 12.03.2025