Ötgan 10 yil iqlim kuzatuvlari boşlanganidan beri eng issiq ön yillik böldi. Bu haqda BMT Jahon meteorologiya taşkiloti (JMT)ning 19 mart, seşanba kuni e’lon qilingan hisobotida aytiladi.

2023 yil mutlaq harorat rekordini örnatdi - ammo 2024 yil bundan ham issiqroq bölişi mumkin, deya ogohlantirmoqda mutaxassislar. Ötgan yili Yer yuzasida örtaça global havo harorati sanoatlaştirişdan oldingi davrga nisbatan 1,45 darajaga yuqori bölgan. Şunday qilib, dunyo 1,5 daraja belgisiga har qaçongidan ham yaqinroq - unda 2015 yildagi Parij kelişuviga binoan global isişni töxtatiş rejalaştirilgan edi.

2023 yilda iqlim isişi muzliklar maydonining rekord darajada qisqarişiga olib keldi. Bu Yevropa va Şimoliy Amerikada yaqqol namoyon böladi – masalan, Şveytsariyadagi muzliklar maydoni sönggi ikki yil içida 10 foizga kamaydi. Bundan taşqari, JMT mutaxassislari ötgan yili jahon okeanining 90 foizidan ötib, marjon riflari va boşqa dengiz ekotizimlariga xavf tuğdiruvçi bir qança issiqlik tölqinlarini qayd etgan. 

BMT: hali ham iqlim falokatining oldini oliş mumkin 

«Biz heç qaçon Parij kelişuvi bilan belgilangan (global isiş böyiça) pastki çegaraga bunçalik yaqinlaşmagan edik», dedi JMT rahbari Seleste Saulo. Uning sözlariga köra, taşkilot hisoboti «butun dunyo uçun qizil ogohlantiriş signali» bölişi kerak. 

«Sayyora tubsizlik yoqasida», - deydi boş kotib Antoniu Guterriş. Uning sözlariga köra, sönggi yillarda köplab harorat rekordlari qazib olinadigan yonilğining yonişi dunyoga «iqlim betartibligi» bilan tahdid solayotganini körsatdi. Biroq, global haroratning sanoatlaştirişdan oldingi davrga nisbatan 1,5 darajadan oşib ketişining oldini oliş hali ham mumkin, deydi Guterriş. «Biz buni qanday qilişni bilamiz», dedi u.