O‘zbekistonning Belgiyadagi elchisi G‘ayrat Fozilov Niderlandiyada ham elchi etib tayinlandi
G‘ayrat Fozilov ushbu davlat Tashqi ishlar vazirligining Protokol va qabul qiluvchi mamlakat bilan aloqalar departamenti direktoriga ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi.

Foto: dunyo.info
O‘zbekistonning Niderlandiyadagi elchisi etib tayinlangan G‘ayrat Fozilov ushbu davlat Tashqi ishlar vazirligining Protokol va qabul qiluvchi mamlakat bilan aloqalar departamenti direktori Xansu Akerbumga ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi.
Qayd etilishicha, uchrashuv davomida tomonlar siyosiy-diplomatik, parlamentlararo, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalardagi O‘zbekiston hamda Niderlandiya o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning rivojlanib borayotgan dinamikasini mamnuniyat bilan qayd etgan.
«Joriy yilning aprel oyida Toshkent shahrida ikki davlat tashqi siyosat idoralari o‘rtasida o‘tkazilgan siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi yakunlari ijobiy baholandi va bu mexanizmni muntazam yo‘lga qo‘yish zarurligi ta’kidlandi. Suhbat chog‘ida ikki va ko‘p tomonlama formatdagi kelgusi rejalar, turli darajadagi bo‘lajak uchrashuv va tadbirlar jadvali yuzasidan ham fikr almashildi», — deyiladi xabarda.
Xans Akerbum Protokol bo‘limi elchixona faoliyatini, jumladan, O‘zbekiston—Niderlandiya muloqotini mustahkamlashda har tomonlama yordam berishini tasdiqladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston elchisi G‘ayrat Fozilov 2023 yil 5 dekabr kuni Belgiya va Yevropa Ittifoqi poytaxtiga tashrif buyurgan edi. U 2015-2017 va 2021–2023 yillarda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 2024 yil 7 fevral kuni Fozilov Belgiya qiroli Filippga, 14 noyabr kuni esa Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishelga ishonch yorliqlarini topshirgan edi.
G‘ayrat Fozilov 2017-2023 yillarda Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburgdagi elchi, O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi va NATOdagi (qarorgohi Bryussel shahrida) vakolatxonalari rahbari lavozimlarida ishlagan Dilyor Hakimov o‘rniga tayinlangandi.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Pautina» operatsiyasi aniq tarix darsliklariga kiritiladi - Zelenskiy
Jahon | 00:20
-
Germaniyada maktab o‘quvchilariga «erta pensiya» tayinlash taklifi ilgari surildi
Jahon | 23:06 / 01.06.2025
-
Bangladesh sudi sobiq bosh vazir Shayx Hasinani hibsga olish orderini berdi
Jahon | 22:27 / 01.06.2025
-
Tergovdagi qiynoqlar, arzonlashgan dollar va AQShdagi o‘zbek lobbisi - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:10 / 01.06.2025
Mavzuga oid

12:56 / 28.05.2025
O‘zbekistonning YeIdagi missiyasi rahbari Yevrokomissiya raisiga ishonch yorliqlarini topshirdi

13:09 / 26.05.2025
Niderlandiya Ukrainaga F-16'ning so‘nggi partiyasini yetkazib berishni yakunlayapti

11:05 / 10.05.2025
Niderlandiyada Ikkinchi jahon urushi davrida qurbon bo‘lgan o‘zbeklar xotirasiga bag‘ishlangan muzey ochildi

00:31 / 30.04.2025