Qo‘rqinchli filmlar immunitetni mustahkamlashga yordam beradi - tadqiqot
Ko‘ngilxushlik tarzida ixtiyoriy ravishda qo‘rquvni boshdan kechirish sog‘liq uchun foydali ekani aniqlandi.

Foto: iStock
Daniyaning Orxus universiteti olimlari o‘tkazgan tadqiqotga ko‘ra, odam ko‘ngilxushlik tarzida ixtiyoriy ravishda qo‘rquvni boshdan kechirsa, bir muncha vaqt o‘tgach, yallig‘lanish biomarkerlari darajasining pasayishi kuzatiladi.
Tajriba ishtirokchilari Daniyaning Veyle shahridagi «Arvohlar uyi» attraksioniga borgan 113 kishi edi. Obektlarning o‘rtacha yoshi 29,7 yoshni, erkaklar va ayollar nisbati 2:3 ni tashkil etdi.
Qo‘rquv kuchini baholash uchun tadqiqotchilar yurak urish tezligini o‘lchadi va ishtirokchilardan ushbu ko‘rsatkichni psixometrik Likert shkalasi yordamida mustaqil ravishda baholashni so‘radi. Yallig‘lanish darajasini aniqlash uchun attraksionga borishdan oldin sub’yektlardan qon olindi va uch kundan keyin yana qon tahlillari olindi. Yallig‘lanish darajasining ko‘rsatkichi qondagi yuqori sezuvchanlik S-reaktiv oqsil miqdori edi.
Tajriba ishtirokchilari «Arvohlar uyi»da o‘rtacha 51 daqiqa vaqt o‘tkazdi, o‘rtacha yurak urish tezligi daqiqada 111,1 zarba va o‘rtacha Likert shkalasi qo‘rquv darajasi 5,4 ni tashkil etdi.
Tajribaning boshida 22 ishtirokchida yengil yallig‘lanish kuzatildi. Natijada, olimlar attraksionga borgandan keyin uch kun o‘tgach, yengil yallig‘lanish bor yoki yo‘qligidan qat’i nazar, barcha ishtirokchilarda leykotsitlar va limfotsitlar darajasi pasayganini aniqladi. Shunday qilib, tadqiqot mualliflari ko‘ngilochar yoki rekreatsion maqsadlarda qo‘rquvga duchor bo‘lish inson immunitet tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, degan xulosaga keldi.
Tavsiya etamiz
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
14 yillik qamoqdan prezidentlikkacha. Xose Muxika kim edi?
Jahon | 16:05 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda bir qator ko‘chalar vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 23:55 / 17.05.2025
-
«Kristal Pelas» «Man Siti»ni mag‘lub etib, Angliya Kubogini qo‘lga kiritdi
Sport | 23:01 / 17.05.2025
-
Isroil G‘azoda yangi, keng ko‘lamli harbiy operatsiyani boshladi
Jahon | 22:36 / 17.05.2025
-
Shifokor changli havoda amal qilish kerak bo‘lgan tavsiyalarni berdi
Jamiyat | 22:23 / 17.05.2025
Mavzuga oid

19:42 / 27.04.2025
Turkiyalik erkak operatsiyadan keyin ona tilini unutib, boshqa tilda gapirishni boshladi

14:25 / 17.04.2025
Daniya askarlarini Ukrainaga o‘qitish uchun jo‘natmoqchi

18:44 / 02.04.2025
WP: Oq uy Grenlandiyaning AQShga qo‘shilishi xarajatlarini baholamoqda

08:38 / 01.04.2025