Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona aeroportida havo kemalarini qabul qilishga vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi
Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Istanbul-Farg‘ona yo‘nalishidagi reysi Namangan muqobil aeroportiga yo‘naltirildi.
Mahalliy vaqt bilan soat 20:54 dan boshlab ob-havo sharoiti yomonlashgani sababli Farg‘ona xalqaro aeroportida havo kemalarini qabul qilishga vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, cheklovlar vaqtida barcha reyslar muqobil aerodromlarga yo‘naltiriladi.
«Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Istanbul—Farg‘ona yo‘nalishidagi HY-278 reysi Namangan muqobil aeroportiga yo‘naltirildi», — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 21 noyabr kuni ham ob-havo sharoiti yomonlashgani sababli Farg‘ona xalqaro aeroportida havo kemalarini qabul qilishga vaqtinchalik cheklovlar joriy etilgandi.
Mavzuga oid
18:20 / 23.06.2026
Qirg‘iziston va O‘zbekiston qishloqlarini almashdi
08:45 / 23.06.2026
Farg‘ona va Xorazmda narkotik moddalar qo‘lga olindi
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
08:38 / 29.05.2026