Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Pokiston "aql markazlari" o‘rtasida hamkorlik o‘rnatiladi
O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev Pokistonning Golden Ring Economic Forum (GREF) tahliliy markazi raisi Sikander Afzal va markaz prezidenti Xasnain Reza bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Pokistonning yetakchi tahliliy, ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda "aql markazlari" o‘rtasida yaqin hamkorlik aloqalarini o‘rnatish masalalari muhokama qilindi.
Pokiston tomoni respublikaning yetakchi ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlik qilishdan manfaatdorligini bildirdi.
Uchrashuv so‘nggida mintaqaviy bog‘liqlik tashabbusi doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar va boshqa masalalar bo‘yicha qo‘shma axborot-tahliliy hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib maqsadida O‘zbekiston "aql markazlari" bilan hamkorlik o‘rnatishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
08:49 / 18.06.2026
Pokiston: Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini zudlik bilan ochadi
09:05 / 13.06.2026
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
17:54 / 10.06.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab havo zarbalari berdi: 26 kishi halok bo‘lgan
17:36 / 25.05.2026