Kolumbiya politsiyasi 225 tonna kokain va 6 ta «narkosubmarina»ni musodara qildi
«Orion» nomi ostida giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi o‘tkazilgan keng ko‘lamli operatsiyada dunyoning 61 ta davlatidan bo‘lgan politsiya xodimlari ham ishtirok etgan.

Foto: Colombian Navy
Kolumbiya politsiyasi dunyoning 61 ta davlatidan bo‘lgan hamkasblari bilan birgalikda «Orion» nomi ostida giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi keng ko‘lamli operatsiyani o‘tkazdi.
Qayd etilishicha, olti hafta ichida 225 tonna kokain musodara qilingan (2022 yilda ushbu ko‘rsatkich 671 tonnani tashkil etgan). Jami 1,4 ming tonna giyohvandlik vositalari, jumladan, ming tonna marixuana qo‘lga kiritilgan. Ularning umumiy qiymati 8,5 milliard dollarga baholanmoqda. Shuningdek, 400 dan ortiq odam qo‘lga olingan.
Bundan tashqari, politsiya «narkosubmarina»lar — uzunligi 10-25 metrga yetadigan qo‘lbola suvosti qayiqlarini ham aniqlagan. Ular tom ma’noda suvosti kemasi emas, chunki harakat vaqtida suv yuzasida biroz chiqib turadi. Ammo ularni okean yuzasidan payqash mushkul. Bunday kemalardan birinchi navbatda Avstraliyaga giyohvandlik vositalarini tashishda foydalaniladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Avstraliya bozorida kokain narxining qimmatligi (1 kilogrammi uchun 240 ming dollar — AQShdan 3-6 barobarga qimmat) uni narkosavdogarlar uchun jozibali bozorga aylantirgan. Giyohvandlik vositalarini bu kabi usulda tashish ularga portlardagi qattiq tekshiruvlarni aylanib o‘tish imkonini beradi.
Avvalroq Shimoliy Reyn-Vestfaliya federal yerida – Myonxengladbax, Duysburg va Krefeld shaharlarida, shuningdek, Firzen, Xaynsberg va Noys okruglarida joylashgan oziq-ovqat diskaunterining o‘n bir shoxobchasida banan qutilaridan paketlarda jami 95 kilogramm kokain topilgan edi.
Shuningdek, Ispaniya huquq-tartibot organlari og‘irligi 13 tonnaga teng kokainni to‘xtatib qolgani to‘g‘risida xabar berilgandi — bu mamlakat tarixida musodara qilingan eng katta partiyadir.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentning ayrim hududlarida issiq suv vaqtinchalik o‘chiriladi
Jamiyat | 17:23
-
China Southern Airlines O‘zbekistonga parvozlar sonini ko‘paytiradi
O‘zbekiston | 17:14
-
Toshkentdagi ko‘chalardan biri 5 oyga yopiladi
O‘zbekiston | 17:14
-
1 apreldan Rossiyadagi migrantlarga bir qator cheklovlar kuchga kirdi
Jahon | 17:12
Mavzuga oid

15:21 / 29.03.2025
Avstraliyaning olis shahridagi yagona shifokor ishdan ketyapti. Yangi nomzodlarga 400 ming dollar maosh taklif etilmoqda

18:07 / 19.03.2025
Kolumbiya senati prezidentning mehnat islohoti to‘g‘risidagi qonun loyihasini blokladi

14:40 / 14.03.2025
Avstraliyada vombat bolasini onasidan tortib olgan amerikalik bloger deportatsiya qilinishi mumkin

14:35 / 12.03.2025